0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

QULOQLAR TAQDIRI TADQIQI

08 Fevral 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 778

Muallifi: Sharofiddin HOSHIMJONOV
ADU matbuot kotibi

O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017. Tar.01.04 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida tarix fanlari doktori, professor Shamsutdinov Rustambek Te­mirovich ilmiy maslahatchiligida Andijon davlat universiteti dotsenti Abdullaev Muzrobjon Gulamovichning “O‘rta Osiyodagi maxsus posyolkalar tizimi va surgun qilingan quloqlar taqdiri” (1930-1954 yillar) (07.00.01 – O‘zbekiston tarixi) mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSс) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy ish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni ilmiy darajalar beruv­chi Ilmiy kengash raisi, tarix fanla­ri doktori, professor A.A.Mavrulov ochib, qatnashchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi.

Tadqiqotchi M. Abdullaev doktorlik dissertatsiyasining maqsadi va ahamiyati bilan ta­nishtirar ekan, XX asrning 30-50- yillarida sovet jamiyatida yuz bergan siyosiy qatag‘onlar, majburiy kollektivlashtirish va uning oqibatlari masalasi hozirda nafaqat MDH davlatlarida, balki dunyoning ko‘pgina rivojlangan davlatlarida dolzarb muammo sifatida o‘rganilayotganini ta’kidladi.

Ushbu tadqiqot ishiga fikr va mulohaza bildirgan rasmiy opponent­lar tarix fanlari doktorlari, profes­sor Xasanov Baxtiyor Vaxapovich, Xaitov Shadmon Axmadovich va Tashmanbet Kenensarievlar ish­ning yutuq va kamchiliklari haqida ga­pirib, dissertantga o‘z maslahatlarini aytib o‘tdilar.

Dissertant asosiy taqrizchilarning chiqishlariga o‘z munosabatini bildirgach, dissertatsiya ishi bo‘yicha so‘zga chiqqan norasmiy opponentlar t.f.d., prof. Q.Rajabov, i.f.d., prof. K.Iminov, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Muras” jamg‘armasi raisi, t.f.n., prof. K.Moldokasimov va boshqalar tadqiqot ishi­ning dolzarbligi, ushbu ish qatag‘on siyosatini tadqiq va tahlil qilayotgan Andijon maktabining shu yo‘nalishdagi navbatdagi yutug‘i ekanligi xususida gapirib, dissertant va dissertatsion ish haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Dissertatsiya ishi muhokamasi yakunlangandan so‘ng Ilmiy kengash a’zolarining yopiq yashirin bergan ovozlariga ko‘ra M.Abdullaevning “O‘rta Osiyodagi maxsus posyolkalar tizimi va surgun qilingan quloqlar taqdiri” mavzusidagi tarix fanlari doktori ilmiy darajasi uchun yozilgan tadqiqoti OAK tomonidan bel­gilangan talablarga to‘la javob berishi va dissertant tarix fanlari doktori ilmiy darajasiga munosib ekanligi e’­tirof etildi.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!