0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TABRIKNOMA! USTOZ QODIRJON ABDULLAYEV 71 YOSHDA

04 Fevral 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 471

Muallifi: A.Sh.Mamatyusupov
O'quv ishlari bo'yicha prorektor

Bugun Andijon davlat universiteti fizika kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi, mehribon va talabchan ustoz Qodirjon Abdullayev o’zning tabarruk 71 yoshini qarshiladi. Bu bilan ustozni muborakbod etamiz.

Qodirjon Abdullayev 1948-yil 4-fevralda Andijon viloyati, Andijon tumanida tug‘ilgan.

Q.Abdullayev universitetning o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol ishtirok etuvchi xodimlardan biri sanaladi. U tajribali murabbiy, o’quv-uslubiy ishlar bilimdoni sifatida “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablarini bajarishda boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Dotsent  Q.Abdullayev ilmiy faoliyati davomida 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq maqola va tezislari chop etildi.

Q.Abdullayev 1975-1978 yillarda Rossiya Fanlar akademiyasi mazmun va uslublari ilmiy tadqiqot institutida aspirant, 1978-1982 yillarda Andijon davlat pedagogika instituti geometriya va matematika o’qitish metodikasi kafedrasida o’qituvchi, katta o’qituvchi sifatida, 1982-1992 yillarda Geometriya va matematika o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritdi.

Ustoz 1992-2006 yillarda Andijon davlat universiteti o’quv bo’limi boshlig’i, 2006-2009 yillarda o’quv ishlari bo’yicha prorektori, 2010-2015 yillarda esa o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i lavozimlarida samarali faoliyat yuritdi va universitetda o’quv jarayonini tashkil etish hamda samarali olib borishda salmoqli mehnat qildi.

Ibratli oila boshlig‘i, fidoiy va jonkuyar ustoz, tashabbuskor rahbar sifatida viloyat va Respublika faollari va aholi xurmatini qozongan.

Q.Abdullayev fan va ta’limni rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm yutuqlari, Respublika va viloyat ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish va targ‘ib qilish tadbirlarning faol ishtirokchilaridan biri sifatida astoydil mehnat qilmoqda.

Ustozga uzoq umr, mustahkam sog’lik, qalblar to’rida bo’lish hamisha yor bo’lsin. Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!!!

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!