0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

BIRINCHI PREZIDENTIMIZNI XOTIRLAB

30 Yanvar 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 519

Muallifi: Qoxxorjonov Omadjon, Yusufov Sardorbek
Tarix fakulteti 1-bosqich talabalari

Bugun Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov nomidagi Asaka avtomobil zavodida mustaqilligimiz asoschisi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 81 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Andijon viloyati hokimligi, Asaka tuman hokimligi, “GMUz” korxonasi, “Yoshlar ittifoqi” faollari, xalq ta’limi boshqarmasi, Andijon davlat universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari hamda talabalari ishtirok etdi. Islom Karimovning xalqparvar, o‘z xalqiga fidoiy, burchiga sadoqatli inson bo‘lganligi e’tirof etildi.

Birinchi prezidentimiz xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gullar qo‘yildi. Ushbu tadbir qatnashchilar ongida o‘chmas iz qoldirdi va bu insonning vatan ravnaqi yo‘lida qilgan xizmatlari xalq qalbida mangu yashashishining isboti bo‘ldi.

 

             

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!