0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Without images  

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI DELEGATSIYASI ROSSIYA FEDERATSIYASI MORDOVIYA DAVLAT UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

28 January 2019 year, Monday
Visited: 866

Author: Sharofiddin Hoshimjonov
ADU matbuot kotibi

Ayni vaqtda Andijon davlat universiteti delegatsiyasi vakillari Rossiya Federatsiyasi Mordoviya davlat universitetida bo’lib turibdi. Delegatsiya tarkibida universitet rektori Yuldashev Akramjon Sultanmurodovich, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Rasulov Baxtiyor Maxmudjanovich, xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Alimov Farhod Sharabidinovichlar Mordoviya davlat universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad, ikki tomonlama akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, qo’shma fakultetlar tashkil etish, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, professor-o’qituvchilarni stajirovka, malaka oshirish, aspirantura va doktoranturaga yuborish, o’zaro ilmiy, metodik hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Tashrifning birinchi kunida delgatsiyamiz vakillari dastlab N.P.Ogaryov nomidagi Mordoviya davlat universiteti rektori S.M.Vdovin, shuningdek, axborotlashtirish va xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor K.A.Leshchankin, ilmiy ishlar bo'yicha prorektor P.V. Senin, o'quv ishlari bo'yicha prorektor A.Y.Maslova, iqtisodiyot bo'yicha prorektor D. Okunev, darsdan tashqari ishlar bo'yicha prorektor M.D.Martinovalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Shundan so’ng, delegatsiyamiz vakillari universitetning ilmiy, ta'lim va ijtimoiy infratuzilmalari bilan tanishish maqsadida Mordoviya davlat universitetining Matematika va axborot texnologiyalari, Iqtisodiyot, Biotexnologiya va biologiya fakultetlariga, Fizika va kimyo, Tibbiyot, Milliy madaniyat institutlariga, sport-sog’lomlashtirish majmuasi, volontyorlar markazi, M.M. Baxtin nomidagi markazga tashrif buyurdilar.

Tashrifning ikkinchi kunida hamkorlik aloqalari bo’yicha shartnomalar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot o’rnida shuni aytish lozimki, hamkorlik aloqalari 2018 yilning 18-19-oktabr kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan "O'zbekiston-Rossiya ta'lim forumi"dagi kelishuvlar natijasiga ko'ra Rossiya Federatsiyasining Mordoviya davlat universiteti va Andijon davlat universiteti o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.

 

INTERNATIONAL PROJECTS

OUR RESOURCES

OUR ADDRESS
129 st.Universitet,
Andijan city, Republic of Uzbekistan, 170100,
email: agsu_info@edu.uz
Telephone/Fax: 0 (374) 223 88 30
Helpline: 0 (374) 223 88 14
How to get there: Taxi in direction 75

WE ARE IN SOCIAL NETWORKS

© Andijan state university, 2019. All rights reserved. 
 
Make proposition for raise of education quality