0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

YOSH OLIMLAR VA IQTIDORLI TALABALAR FORUMI

12 Yanvar 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 682

Muallifi: Sh.Hoshimjonov
ADU matbuot kotibi

Bugun Andijon davlat universitetida yosh olimlar va iqtidorli talabalar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda universitet rektori A.S.Yuldashev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.M.Rasulov, ilmiy bo‘lim boshlig’i A.Imirsinova, iqtidorli talabalarni ilmiy va innovatsion ishlarga yo‘naltirish bo‘limi boshlig’i M.Alimova, Yoshlar ittifoqi ADU boshlang‘ich tashkilot yetakchisi E.Xolmirzayev, yosh olimlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Forumda so‘z olgan universitet rektori universitet tuzilmasida yangi bo‘lim - Iqtidorli talabalarni ilmiy va innovatsion ishlarga yo‘naltirish bo‘limi tashkil etilgani, ushbu bo‘lim yosh olimlar va iqtidorli talabalar uchun tayanch va ko‘makchi bo‘lishini, bo‘lim ko‘magida ilmiy izlanishlarni yanada kuchaytirib, faol bo‘lish lozimligini bildirib o'tdi. Mamlakatimizda barcha sohalardagi kabi oliy ta’lim sohasida ham yangi islohotlar davri boshlanganligini, endi eskicha yashab bo’lmasligini, har tomonlama yetuk, salohiyatli kadrlarni tayyorlash orqali davlatimizni taraqqqiyotini ta’minlash lozim ekanligini aytib o‘tdi. Bu jarayonda esa iqtidorli talabalar va yosh olimlarni qo’llab quvvatlash, ularni maqsadli yo’naltirish  dolzarb masala ekanligi kunday ravshan, - deya ta’kidladi ma’ruzachi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.M.Rasulov so’z olib, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida iqtidorli talabalarni aniqlab, ularni maqsadli ravishda alohida dasturlar asosida o’qitib, oliy ta’lim muassasalariga ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash dolzarb masalaga aylanganini, bu borada qilinajak ishlar hali bisyor ekanini ta’kidladi. B.M.Rasulov “El-yurt umidi” jamg’armasining tuzilganligi, jamg’arma ko’magida talabalarni xorijiy oliy ta’lim muassasalariga magistraturaga, professor-o’qiyuvchilarni malaka oshirish, stajirovka va doktoranturaga jo’natishni tashkil etilishi o’zining ijobiy natijalarini berishi aniqligini bildirib o’tdi.

Forum davomida talabalar nomidan so'zga chiqqan Navoiy davlat stipendiyasi sohibasi, Pedagogika fakulteti talabasi Ismanova Dilorom erishgan yutuqlari zamirida davlat rahbarining olib borayotgan oqilona siyosati, universitet rahbariyatining odilona yondashganligi, qo'llab-quvvatlab respublika bosqichiga ishonch bildirib yo'llaganligi, o'z iste'dodini yuzaga chiqarishga keng imkoniyatlar eshigini ochganligi yotganini bildirdi. D.Ismanova so'zining davomida barcha ustoz-murabbiylariga o'z minnatdorchiligini bildirib, talabalarga esa izlanish va intilishdan hech ham to'xtamaslikni, qalbida men ertaning kelajagiman deb harakat qilishlari lozimligini aytib o'tdi.

Shuningdek, forumda PhD dissertatsiyalarini himoya qilgan yosh olimlar, Davlat stipendiyalari sovrindorlari, xalqaro va respublika ko‘rik tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!