0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

HARBIY XIZMATCHILARNING FARZANDLARIGA QO'SHIMCHA DARSLAR O'TILMOQDA

10 Yanvar 2019 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 274

Muallifi: Sh.Hoshimjonov
ADU matbuot kotibi

Ma’lumki, 2018 yilning may oyida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi. Qarorga muvofiq, 2018–2019 o‘quv yilidan boshlab Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari, harbiy oliy ta’lim muassasalariga esa kursantlarning umumiy qabul sonidan 5 foizli davlat granti asosida qabul kvotasi ajratilgan edi. Andijon davlat universitetiga ham 2018-2019 o’quv yilida Vazirlar Mahkamasi 462-sonli qarorining 1- va 2-ilovalariga muvofiq imtiyozli ravishda davlat granti asosida 16 nafar hamda test sinovlari asosida 2 nafar jami 18 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlari qabul qilindi. Ushbu talabalar haqida ma’lumotlar shakllantirilib, ular bilan ishlash mas’ul xodim biriktirilgan.

Shuningdek, xar bir fakultetda imtiyoz asosida qabul qilingan harbiy xizmatchilarning farzandalari bilan ishlash bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Rejaga ko’ra ular uchun qishgi ta’til davrida tasdiqlangan jadval bo’yicha mutaxassislik fanlaridan qo’shimcha o’quv mashg’ulotlari tashkil etildi.

Ushbu mashg’ulotlar interfaol usullarda tajribali professor-o’qituvchilar tomonidan o’tkazildi va bu talabalar o’z bilimlarini yanada mustahkamlab olishga imkon yaratmoqda. Ana shunday darslar Tarix fakultetida ham tashkil etilib talabalarga tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsutdinov tomonidan interfaol usullarda olib borildi.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda ular uchun chet tillari va axborot texnologiyalari fanlaridan ham qo’shimcha darslar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!