0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

VATANPARVARLIK OYLIGIGA BAG'ISHLANGAN MARAFON

28 Dekabr 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 770

Muallifi: Zokirjonov Ahrorbek, Tursunov Olimbek
www.adu.uz sayti muxbirlari

15-dekabrdan 15-yanvarga qadar “Vatanparvarlik oyligi” e’lon qilindi. “Vatanparvarlik oyligi”ni munosib ravishda o’tkazish maqsadida ayni vaqtda Andijon shahri O'zbekiston ko'chasida maktab o'quvchilari, oliy talim muasassasi talabalari va harbiylar o'rtasida marafon bo'lib o'tmoqda. Andijon shahridagi Xalqaro biznes markazidan boshlangan marafon Bobur nomidagi viloyat musiqali va drama teatri oldida qad rostalagan finishga qadar davom etdi. Ushbu marafonda Andijondagi barcha oliygoh talabalari ishtirok etdi. Andijon davlat unversiteti talabalari ham ushbu marafonda faol ishtirok etdilar. Qizlar o'rtasida 1-o'rinni Karimanova Oyshaxon, 2-o'rinni Muzaffarova Gulnigor, 3-o'rinni Tursunaliyeva Zamiralar egalladi, quvonarlisi ularning bari universitetimiz talabalaridir. O'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqa natijalariga ko'ra, 3-o'rinni TDAU Andijon filiali talabasi Xamdamov Xasanboy, 2-o'rinni Andijon davlat universiteti talabasi Berdiyev Otabek, 1-o'rinni Andijon davlat universiteti talabasi Maxmudov Xumoyunlar egallashdi. Umumjamoa hisobida universitet jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Quyida ushbu marafondan fotolavhalarni taqdim etamiz.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!