0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

SOG’LOM HAYOT SARI

03 Dekabr 2018 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 102

Muallifi: S.Ismoilov
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari

 2018 yil 30 noyabr kuni  OITSga qarshi kurash kuni hamda Nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan ijtimoiy iqtisodiyot fakultetida ijtimoiy aksiya tashkil etildi va  o‘tkazilgan aksiyada fakultetning 300 dan ortiq talabalari ishtirok etdilar. Aksiya 30 noyabr kuni birinchi juftlik darsida fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi va kengashi a’zolari tomonidan xar bir akademik guruhlarda tashkil etildi. Aksiyadan tushgan pul mablag‘lari nogironlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun sovg‘alar olishga sarflandi.

Shu kuni fakultet talabalariga Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi vrach-infeksionisti  Iskandarov Abdug‘ani Ismoilovich OITS kasalligini keltirib chiqaradigan omillar, undan saqlanish yo’llari, unga qarshi kurashish usullari hamda kasallikning insoniyatga salbiy ta’siri yuzasidan ma’ruza qildi Tashkil etilgan ma’ruza va taqdimotlardan talabalar o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Maruza va taqdimotlar so‘ngida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!