0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

BIZ SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ

01 Dekabr 2018 yil, Shanba
Ko'rilgan: 123

Muallifi: Omonboyeva Muhlisa
Pedagogika fakulteti 1-bosqich talabasi

OITS - insoniyatga kelgan vabo. Profilaktik chora tadbirlar olib borilishiga qaramay, kasallik tobora avj olmoqda, kasallanganlar soni ko’payib bormoqda. Kattalarning extiyotsizligi oqibatida kichkina begunoh bolalar ham bu kasallikdan aziyat chekmoqda. Kundan kunga OIV virusi bilan zararlanganlar soni ortib bormoqda. OITS kasalligi bilan noto’g‘ri turmush tarzini olib boruvchilar zararlanadi.

1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni. Universitet talabalari Ibn Sino salomatlik markazi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etdilar. Tadbirga viloyat OITS markazidan bir qator shifokorlar tashrif buyurdi. Ular OITS haqida ko’plab ma’lumotlar berib o’tdilar. OITS qay hollarda yuqumli bo'lishi mumkinligini to'laqonli tushuntirib o'tdilar. Janona Mamadalieva hamda Shuxrat Jo’raqulovlar o’zlarining foydali maslahatlari bilan o'rtoqlashdilar, fikr almashdilar. Tadbirda pedagogika fakulteti maktabgacha ta’lim yo'nalishining 102, 106 guruh talabalari, shuningdek musiqiy ta’lim yo'nalishi talabalari faol  qatnashdilar. O’zlarini chiqishlari bilan XXI asr vabosiga qarshi ekanliklarini  namoyon etdilar.

OITS – bu insoniyat oldida turgan global muammo hisoblanadi. Butun dunyo olimlari bu kasallikka qarshi kurash olib bormoqdalar. Yoshlar orasida ko'plab profilaktik chora tadbirlar olib borish kerak, sababi ko'pchilik bu loqaydlik bilan qaramoqda. Ogohlik – davr talabi. Biz kelajak avlod sog‘ligiga mas’ulmiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!