0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

XUSUSIY MAKTABDA OITSGA QARSHI KURASHISH KUNI

01 Dekabr 2018 yil, Shanba
Ko'rilgan: 89

Muallifi: Ismanova Diloromoy
Pedagogika fakulteti talabasi

Ma'lumki, 1 -dekabr butun jahon OITS ga qarshi kurashish kuni. Shu munosabat bilan universitetimizning pedagogika fakulteti BTSTI  yo'nalishi, 206-guruhda tahsil oluvchi bir guruh faol talabalar guruh rahbari  Gulnoraxon Ismanova boshchiligida shahrimizdagi "I.A.Karimov izdoshlari" nomli xususiy maktabga yo'l  oldilar. Dastavval, innovatsion maktabdagi qulaylik va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. U yerdagi o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko'rib,  shunday ilm dargohlarida dars berishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi.

Talabalarimizni ayniqsa, maktab dars jadvaliga kiritilgan mental arifmetika va xoreografiya mashg'ulotlari e'tiborini tortdi.

 Maktab direktori Gulbahorxon Abdukarimova talaba- yoshlarni iliq kutib oldi va ochiq dars, trening mashg'ulotlarini o'tkazish uchun keng sharoit yaratib berdi. Universitetimizda tahsil olayotgan bo'lajak o'qituvchilar o'zlari tayyorlab kelgan taqdimotlarni o'quvchilarga namoyish qildilar. Sodda va tushunarli tilda, ko'rgazmali qurollar bilan o'quvchilarga OITS kasalligi va OIV infeksiyasi haqida   ma'lumotlar yetkazildi. Mashg'ulot erkin va savol-javoblarga boy, qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, OIV infeksiyasi va OITS muammosiga o'sib kelayotgan yosh avlod e'tiborni jalb qilish,  kasallik haqida to'g'ri va to'liq ma'lumotlarni yetkazish, o'zlarini va yaqinlarini himoya qilishga yordam berishdir.

Ushbu kun bizning talabalarimiz hamda ilg'or maktabning o'quvchilarida katta tasurot  qoldirdi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!