0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

BAXTIM SHUL – O’ZBEKNING ZULFIYASIMAN...

28 Noyabr 2018 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 200

Muallifi: ADU Chet tillar fakulteti 4 bosqich talabasi
 Botirova Maftuna

Baxtim shulo’zbekning Zulfiyasiman!” deb iftixor etgan shoiraning ijodi, faoliyati, hayotidagi murakkab sinovlarini yuksak insoniy fazilatlarga sadoqat bilan mardona yengib o’tgan umr yo’li, bugungi kunda barcha qizlarga, Zulfiyaxonim izdoshlariga o’rnak bo’lyapti.

Andijon shahridagi Qo’g’irchoq teatrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-mart kuni qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi PF-2326 son “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoniga o’zgartirishlar kiritish haqida”gi PF-5389-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar saralash bo’yicha tanlovning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Sovrindorlari soni yil sayin ortib, ijodkor, san’atsevar, olima, oqila, shoira, sportchi qizlarning safi kengayib boryapti. Bu albatta yurtimizda qizlarga berilayotgan ulkan imtiyozlardan darak. Eng qobiliyatli qizlar qatorida universitetimizda tahsil olayotgan talaba qizlardan o’n bir nafari ham tanlovning shaharlar va tumanlar bosqichlarida hududiy komissiyalar tomonidan viloyat bosqichiga tavsiya etilgandi. Jumladan, ta’lim yo’nalishidan Ikromalieva Saodatoy, Yuldasheva Shahzoda, adabiyot yo’nalishidan Abdurahmonova Mohinur, Mamarahimova Mavjuda, Meliboeva Surayyo, fan yo’nalishidan Botirova Maftuna, sport yo’nalishidan Rustamova Saodat, Inomjonova Sadoqat, jamoatchilik yo’nalishidan Zoxidova Gulchehra, san’at yo’nalishidan Tohirova Gulnigor, Radjieva Gulhayolar ilmiy, ijodiy va badiiy ishlari bilan tanlovda qatnashib, hay’at a’zolarining e’tiroflariga sazovor bo’lishdi.

Tanlovning respublika bosqichiga tavsiya qilingan qizlar orasida universitetimizning uch nafar vakilasi borligi yana ham quvonarli bo’ldi. Ular – ta’lim yo’nalishidan chet tillar fakulteti 2-kurs talabasi Yuldasheva Shahzoda, san’at yo’nalishidan pedagogika fakulteti 1-kurs talabalari Tohirova Gulnigor hamda Radjieva Gulhayolardir. G’olib talaba-qizlarimizga respublika bosqichida omad tilagan holda quvonchli xabarlarni kutib qolamiz.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!