0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITETIMIZGA O’SH DAVLAT UNIVERSITETI DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI

27 Noyabr 2018 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 140

Muallifi: F.Alimov
Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i

Andijon davlat universiteti rektorining taklifiga binoan shu yilning 26-noyabr kuni  Qirg‘iziston Respublikasi O’sh davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari, yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar, markaz direktorlari, xalq ta’limi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga Andijon davlat universitetining moddiy-texnika bazasi, ilmiy salohiyati, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar xamda talabalar bilan o‘zaro muloqotlar tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a’zolari universitetda tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyini borib ko‘rdilar. Mehmonlarni professor R.T.Shamsutdinov muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, qatag‘on qurbonlari xamda Andijon o‘tmishi bilan bog‘liq muhim tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Xalqaro hamkorlik doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida zamonaviy yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish borasida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Unga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!