0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBI BO‘LDI

31 Oktyabr 2018 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 350

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBI BO‘LDI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning sentabrida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida mazkur bilimlar bellashuvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi. 

Buyuk mutafakkir, algebra fani asoschisi Muhammad al-Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi natijasida matematika, geometriya, trigonometriya, geografiya kabi fanlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. 

Shu bois, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 avgustdagi qarori bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida har ikki yilda bir marta matematika bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mazkur olimpiadaning aynan Xorazmda o‘tkazilishida ham katta ma’no mujassam. Zero, Xorazmiy bobomiz shu zaminda tug‘ilib, voyaga yetdi. Keyinchalik dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan ilmiy g‘oyalar shu tarixiy diyorda paydo bo‘lgan, maromiga yetgan. 

Andijon davlat universitetining 4 nafar talabalardan iborat jamoasiga ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor Baxtiyor Rasulov rahbarlik qildi. Fizika-metematika fakultetining Soxibjon Axmedov, Farxod Arziqulov va Nodirbek Umrzaqov kabi tajribali professor-o‘qituvchilari talabalarni halqaro musobaqaga puxta tayyorladi.

Qilingan mehnat, o‘qish va izlanishlar o‘z natijasini berib fizika-matematika fakultetining matematika yo‘nalishi 3-kurs talabasi Xasanboy Abdusalomov nufuzli olimpiadada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Andijon davlat universiteti jamoasi sovrindor talaba va ustozlarini qo‘lga kiritilgan yirik g‘alaba bilan muborakbod etadi.

 

                                                                                     Axborot xizmati

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!