0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

KO’P MILLATLI XALQIM IJODKORLARI BILAN UCHRASHUV

26 Oktyabr 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 639

KO’P MILLATLI XALQIM IJODKORLARI BILAN UCHRASHUV

Har bir davlatning mustahkamligi  va fuqarolarining farovon turmushi hech shubhasiz, u olib borayotgan siyosatning qanchalik oqilona ekanligiga bog’liq. O’zbekiston 10 dan ortiq konfessiya va 130 dan ortiq millat va ellat vakillari iste’qomat qiluvchi mamlakatimizda fuqarolararo totuvlikni ta’minlash maqsadida Baynalminal madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Shunday markazlardan biri Rus madaniyat markazining Andijon viloyati bo’linmasi raisi Yelena Vladimirovna Babenko va Koreys madaniyat markazining Andijon viloyati bo’linmasi raisi Kim Vyacheslav Vladimirovichlar hamkorlikda 16 oktabr kuni  Andijon shaxridagi 1-sonli musiqa va san’at maktabida Platon Petrovich Dyugay bilan ijodiy uchrashuv uyushtirdilar, uchrashuvda Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti rus tili va adabiyoti yo’nalishi talabalari ham ishtirok etdilar. Uchrashuv maktabning iqtidorli o’quvchilari va o’qituvchilarining ijodiy chiqishlari bilan boshlandi. 

Ijodiy uchrashuvda shoir o’z namunalaridan  o’qib tashrif buyurgan mehmonlarga sherlarining yaratilish tarixi haqida so’zlab  berdi. Platon Dyugay hozirda boshqa davlatda iste’qomat qiladi, ammo O’zbekistonda o’tgan hayotini, talabalik davrlarini umrining ham ijodiy, ham shaxsiy  hayotidagi eng samarali va baxtli davrlari deb esga oladi. Urushdan keying yillardagi vatanimizga kelib qolgan tuli millat vakillaiga mahalliy o’zbeklarning munosabatini shunday ta’rif bilan esladi:  “O’zbeklar, umuman olganda biz nonimizni tanqislikda ham bo’lishganmiz. Buni Koreyslar hech qachon unutmaydi.Shu fazilat uchun ham O’zbeklarni, bizni qattiq hurmat qilishadi”.

Shoirning hamkasblari ijodkorning samarali faoliyati haqida iliq fikrlar bildirdilar.  Ijodiy uchrashuv davomida talabalar Dyugayning o’zbek va rus tillaridagi she’rlarini o’qib berdishdi, shuningdek mehmonlar shoirning kuyga solingan she’rlari na’munalaridan bahramand bo’lishdi. Bunday madaniy kechalar talabalar va ko’p millatli jamiyat yoshlarida millatlararo hurmat fazilatini shakllantirishida beqiyos o’ringa ega.

 

Nabira Umaraliyeva Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!