0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Without images  

ANDIJON DAVLAT UNIVYERSITYETIGA GYERMANIYALIK OLIM TASHRIF BUYURDI

06 Oktober 2018 year, Saturday
Visited: 1158

ANDIJON DAVLAT UNIVYERSITYETIGA GYERMANIYALIK OLIM TASHRIF BUYURDI

 

Andijon davlat universiteti rektorining taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Leybnits nomidagi Gannover universitetining Organik kimyo instituti professori, k.f.d., Xolger Butenshon joriy yilning 2-15 sentyabr kunlari universitetimizga tashrif buyurdi. Prof. X. Butenshon Andijon davlat universiteti rektori, b.f.d., professor A.S. Yuldashev qabulida bo‘ldi. Suhbat davomida universitetimiz va Gannover OO‘Yu o‘rtasida kelajakdagi ilmiy-pedagogik hamkorlik haqida rejalar kelishib olindi.

Jumladan, 4-5 sentyabr kunlari prof. X.Butenshon “Tovarlar kimyosi: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi respublika miqyosidagi V ilmiy-amaliy anjumanda o‘z nutqi bilan qatnashdi.

O‘zbekistonlik kimyogar olim, kimyo fanlari doktori, professor Ibroximjon Asqarov tomonidan yaratilgan yangi kimyo fani dunyo miqyosida o‘z o‘rniga ega ekani va iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

5-6 sentyabr 2018 y kunlari professor o‘zining “Ferrotsenlar: yarim sendvichdan sendvichga tomon” nomli ilmiy ma’ruzalarini Kimyo kafedrasining 2 va 3- kurs talabalariga o‘qib berdi. Qiziqarli ma’ruzalar, qiziqarli ilmiy munozaralarga boy bo‘ldi.

6-15 sentyabr kunlari prof. X. Butenshon Kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi Mamaraxmonov M.X. hamroxligida Respublikamizning tarixiy-madaniy meroslariga boy bo‘lgan Urganch, Xiva, Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi shaharlarda mehmon bo‘ldi. Milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishdi.

Jumladan, Urganch, Samarqand, Toshkentdagi bir qancha OTMlarida tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalariga o‘zining ilmiy ma’ruzalarini o‘qib berdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Prof. X. Butenshon va uning rafiqasi Bettina Butenshonlar O‘zbekitonning boy ilmiy, madaniy merosi, xalq amaliy san’ati, milliy qadriyatlari naqadar yuksak ekanini ta’riflab, O‘zbekistonning tarixi kabi, kelajagi ham albatta buyuk bo‘lishini ta’kidladi.

 

Kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)  M.X. Mamaraxmonov

INTERNATIONAL PROJECTS

OUR RESOURCES

OUR ADDRESS
129 st.Universitet,
Andijan city, Republic of Uzbekistan, 170100,
email: agsu_info@edu.uz
Telephone/Fax: 0 (374) 223 88 30
Helpline: 0 (374) 223 88 14
How to get there: Taxi in direction 75

WE ARE IN SOCIAL NETWORKS

© Andijan state university, 2019. All rights reserved. 
 
Make proposition for raise of education quality