0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

KIMYO FANINING DOLZARB MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

05 Sentyabr 2018 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 108

KIMYO FANINING DOLZARB MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Kimyo fanlari tizimida 20 ta ixtisoslik fanlari bo‘lib, ularning 19 tasi AQSh, Yevropa va Rossiya olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, faqat bitta – “Tovarlar kimyosi” fani O‘zbekiston olimi kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi Ibrohim Asqarov tomonidan yaratilgan. Shuningdek, 2017 yilda “Tovarlar kimyosi” ixtisosligi taklif etildi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2017 yil 28 sentyabrdagi rayosati qarori bilan 02.00.09 shifri ostida tasdiqlandi. Hozirda bu fan bo‘yicha 10 dan ortiq kimyo va texnika fanlari fan nomzodlari, falsafa doktorlari, 3 nafar fan doktorlari yetishib chiqdi.

Andijon davlat universiteti olimlari tomonidan mazkur fan to‘g‘risida bir qancha qo‘llanmalar yozildi. Professor I.R.Asqarov boshchiligida mazkur fan bo‘yicha 5 marta Respublika va xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Shularning 5-martasi 2018 yilning 4-5 sentyabr kunlari Andijon davlat universitetida xorijlik olimlar ishtirokida respublika miqyosida o‘tkazildi. Ushbu konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad “Tovarlar kimyosi” fani bo‘yicha hozirgi kunda erishilayotgan yutuqlarni bo‘lishish, muammolarni yechish bo‘yicha fikr almashishdan iborat. Bundan tashqari kimyo fanining yetuk arboblari hamda yosh olimlar o‘rtasida ustoz-shogird aloqalarini o‘rnatish ham konferensiyaning maqsadlaridan biridir.

Konferensiyaga Germaniyaning Gannover universiteti Leybnits Organik kimyo instituti professori, kimyo fanlari doktori Xolger Butenshon, Tojikiston fanlar akademiyasi akademigi, kimyo fanlari doktori, professor Karim Haydarovich Haydarov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori, k.f.d., O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, “Turon” akademiyasining akademigi  Abdulhamid G‘ofurovich MAXSUMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti professori, tibbiyot fanlari doktori, tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar Akademiyasi a’zosi Ne’matjon Soliyevich MAMASOLIYEV, Toshkent kimyo texnologiya instituti kafedra mudiri, yuridik fanlari nomzodi, dotsent, bojxona xizmati general-mayori Sobit Axmatovich ALIMBAYEV, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona Qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi boshlig‘i, bojxona xizmati polkovnigi, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Baxtiyorjon Yormahammatovich ABDUG‘ANIYEV va boshqa 100 dan ortiq yetuk olimlar hamda yosh mutaxassislar ishtirok etdilar.

Konferensiyaning ochilish marosimi va plenariy yig‘ilishida yuqoridagi olimlarning ma’ruzalari tinglandi. Shundan so‘ng sho‘balar yig‘ilishlari o‘tkazildi. Mehmonlarga tushlik tashkil qilindi. Andijonning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirildi. Konferensiyaning yakuniy yig‘ilishida sho‘ba raislarining  xisobotlari tinglandi va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar belgilab olindi.

 

Obidjon Abdulloyev, kimyo kafedrasi o’qituvchisi

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!