0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

MAGISTRATURADA YANGICHA TARTIBDA TA’LIM OLISH YO‘LGA QO‘YILADI

18 Avgust 2018 yil, Shanba
Ko'rilgan: 525

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

 Qaror loyihasida magistr mutaxassislar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator yangiliklar kiritilgan.
Jumladan, endilikda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasi asosida oliy ta’lim muassasalarida ikki yo‘nalishda: ishlab chiqarish (kamida bir yil) hamda ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yo‘nalishlarda magistrlarni tayyorlash nazarda tutilmoqda.
Ushbu qaror loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalari kadrlar buyurtmachilari tomonidan berilgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim muassasasi takliflari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlash taklifi kiritilgan.
Hujjatda ish beruvchi tashkilotlar talablari asosida ilmiy-pedagogik yo‘nalishda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash faqat davlat granti asosida amalga oshirilishi, ilmiy-pedagogik yo‘nalishda maqsadli tayyorlangan mutaxassislar magistraturani bitirgandan so‘ng ish beruvchi tashkilotda kamida 5 yil (tayanch doktoranturada o‘qish vaqtidan tashqari) ishlab berishi ko‘rsatilgan.
Bunday tashqari, hujjatda quyidagi yangiliklar ham ko‘zda tutilgan:
- magistraturada bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbati amaldagi normativlarning 50 foizi miqdorida belgilash;
- o‘quv yili yakunlariga ko‘ra magistratura o‘quv rejasida belgilangan fanlardan, ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlardan yetarli reyting balini to‘plamagan talabalarni kursida qoldirilish;
- davlat granti asosida qabul qilingan talabalarga o‘z hisobidan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini berish;
- xorijiy mamlakatlarda 6 oygacha bo‘lgan muddat (bir semestr) stajirovkada bo‘lgan magistratura talabalariga o‘quv rejasida belgilangan fanlarni shaxsiy reja asosida erkin o‘zlashtirish imkoniyati berish;
- magistraturani imtiyozli tamomlagan talabalar Oliy ta’lim muassasasining Kengashi qarori asosida tayanch doktoranturaga sinovlarsiz qabul qilish;
- magistratura talabalarining Impakt-faktor ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ilmiy jurnallarda maqola chop etish xarajatlarini oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplashga ruxsat berish va boshqalar.

Manba: www.edu.uz

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!