0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

IJODIY IMTIXONLAR JAMOATCHILIK NAZORATI OSTIDA O‘TKAZILDI

06 Avgust 2018 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 152

Muallifi: A.Egamberdiyev
Matbuot kotibi

          Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab qilinadigan yo‘nalishlarga faqat ijodiy sinovlar asosida o‘tkazilmoqda. Tayanch oliy o‘quv yurtlari tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar asosida Andijon davlat universitetida 3 ta yo‘nalishga imtixonlar tashkil etildi.

          Ijodiy imtixonlarni o‘tkazishga xalq deputatlari, ommaviy axborot vositalari, prokuratura organlari xodimlari va ota-onalar jalb etildi.

– Imtixon jarayonidan ko‘nglimiz to‘ldi. Iqtidorli yoshlarga munosib baho berildi, shu  bilan birga omadini sinash uchun o‘qishga hujjat topshirganlar ham bor ekan, deydi jarayonni bevosita kuzatib borgan xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Rustamjon To‘raxonov.

          Har bir abituriyent tomonidan belgilangan topshiriq bajarilishi bilanoq uning ballari e’lon qilindi va e’tirozlari tinglandi. Tushunmovchiliklar joyida barataraf etildi. Shuning uchun ham hozircha ijodiy imtixonlardan shikoyat qilib, abituriyentlar yoki ularning ota-onalari murojaat qilishmadi.

          Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan belgilab berilgan vazifalarga og‘ishmay amal qilish, adolat va shaffoflikni ta’minlash uchun jamoani safarbar qilinishi odamlarning roziligiga sabab bo‘lmoqda.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!