0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

IJODIY IMTIXONLAR YANGICHA TARTIBDA O‘TMOQDA

29 Iyul 2018 yil, Yakshanba
Ko'rilgan: 1026

Muallifi: A.Mamatyusupov
qabul komissiyasi mas'ul kotibi

           Andijon Davlat universitetida 2018-2019 o‘quv yili qabuli uchun 3243 nafar abituriyentlar musiqa ta’limi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, jismoniy madaniyat yo‘nalishlariga kirish uchun ijodiy imtixon topshirishishi rejalashtirilgan. Joriy yilning 28 iyul sanasiga qadar 1517 nafar abituriyentlar ijodiy(kasbiy) imtixonlarini topshirishga ulgurdi va olgan ballari shu kunning o‘zida e’lon qilinmoqda.

          Mazkur yo‘nalishlardagi ijodiy imtixon natijalari asosida birinchi marotaba test sinovlarisiz talabalar o‘qishga qabul qilinadi.

          Andijon Davlat universitetida ijodiy(kasbiy) imtihon bo‘yicha imtihon komissiyasi raisi va a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tayinlangan. Ijodiy imtihon jarayonlarini boshlanishidan to yakunlanishigacha videotasvirga olinib vazirlikning maxsus serveriga yuborilmoqda.

Bundan tashqari jarayon ota-onalar, mahalliy kengash deputatlari va OAVning qat’iy nazoratida o‘tkazilyapti.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!