0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

YUKSAK ISHONCH EGALARIGA EHTIROM

30 Iyun 2018 yil, Shanba
Ko'rilgan: 315

Muallifi: Sevara FOZILJONOVA
Boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi “Qizlarjon” klubi raisi

"Haqiqatan ham, biz, ota-onalar, ustoz va murabbiylar sizlarni, butun Ozbekiston yoshlarini Vatanimiz, jamiyatimizning hal qiluvchi kuchi deb bilamiz va sizlar hamisha xalqimizning mana shunday yuksak ishonchiga munosib bolasiz, deb ishonamiz”.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 30 iyun sanasida bo‘lib o‘tgan “Kamolot” YoIHning VI qurultoyida aynan 30 iyun sanasini mamlakatimizda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilish xaqidagi taklifni bildirganlar. Bu yil ushbu bayram ilk marotaba butun mamlakatimiz bo‘ylab keng va ko‘tarinkilik ruhida nishonlanmoqda.

Davlatimiz rahbarining yoshlar qalbidagi, yuragidagi o‘y-fikrlari, maqsad-muddaolari, kerak bo‘lsa, ushalmay turgan niyatlari bilan yaqindan tanishishni o‘z faoliyati uchun muhim deb ta’kidlashlari O‘zbekiston yoshlari uchun ulkan e’tiborning yorqin timsolidir.

Andijon davlat universitetida ham ushbu kunga tayyorgarlik ishlari yuqori darajada tashkil etilmoqdi. Joriy yilning 27 iyun kuni universitet boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi bilan 4-sonli talabalar turar joyining yozgi amfiteatrida 30 iyun - “Yoshlar kuni” ga bag‘ishlangan madaniy-ko‘ngilochar bayram kechasi o‘tkazildi. Tadbirda boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi “Qizlarjon” klubi a’zolari ishtirokida sho‘x raqs va qo‘shiqlar ijro etildi. Toshkent Agrar universiteti Andijon filialining iste’dodli talabalaridan tashkil topgan “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari - “Og‘alar” jamoasi chiqishlari hammaga ko‘tarinki xush kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir so‘nggida ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A’zamjon Hamraqulov, boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Umidaxon Ahmedova tomonidan “Og‘alar” jamoasi a’zolariga hamda iqtidorli va faol talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!