0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

FAKULTETDA XALQARO ALOQALAR DOIRASIDA ITALIYALIK HAMKORLARIMIZ TASHRIFI

11 Iyun 2018 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 518

Muallifi: Madaminjon MAHKAMOV
Fizika-matematika fakulteti dekani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda fakultetda yosh mutaxassislarning, talaba yoshlarning ilmiy faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, talabalarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Italiyaning Piza universiteti professori Michele Pagano amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish uchun tashrif buyurdi.

Michele Pagano bilan dastlab Italiyaning Piza universiteti haqida, uning tuzilishi, undagi fakultetlar, o‘quv binolari va o‘quv jarayoni bilan tanishuv tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbir davomida o‘quv-ilmiy jarayonni tashkil etish, dars o‘tish bo‘yicha o‘zaro tajribalar almashildi. O‘quv jarayonini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish bo‘yicha, shuningdek, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy matematik modellashtirishning muammolari bo‘yicha ikkala universitet olimlari hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish yuzasidan fikrlar almashildi.

Tashrif davomida professor Michele Pagano tomonidan fakultetning yosh mutaxassislari, magistrlariga, “Matematika” hamda “Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Setevыe arxitekturы i teoriya teletrafika: otkrыtie voprosы i raznыe podxodы k matematicheskoe modelirovanie teletrafika” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mehmonning ilmiy ma’ruzalari doktorantlar, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalarda yangicha fikrlash, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada jonlantirishga turtki bo‘ldi va bunday hamkorlik doimiy olib borilishiga kelishib olindi.

Bunday uchrashuvlar iqtidorli talaba yoshlarni va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy tadqiqot sohalarida yangiliklar, ixtirolar qilishga undash, ularning Harakatlar strategiya­sini amalga oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda fakultet o‘qituvchilari va talaba yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Fakultet dekani M.Maxkamov professor Michele Paganoga sog‘liq-salomatlik tilab, shu vaqtgacha bo‘lgan sermahsul ilm yo‘llari haqidagi iliq dil so‘zlarini izhor etganligini hamda tashkil etilgan mahorat darsi judayam mazmunli bo‘lganligini aytib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 Universitetet rektori professor A.S.Yuldashev hamda iqtidorli talaba vakillari bunday maroqli uchrashuv uchun professor Michele Paganoga minnatdorchilik bildirdilar, esdalik sovg‘alari va gullar taqdim qildilar. Talabalar professor Michele Paganoga samimiy tilaklarni izhor etish bilan birga, kelajakda ustoz kabi yutuqlarga erishishga, bu yo‘lda tinimsiz o‘qib, izlanishga va’da berdilar. Uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.

Fakultetimiz jamoasi hamkorlikdagi ishlarga munosib bo‘lish uchun barcha kuch va imkoniyatlarini ishga solishga tayyor.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!