0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

DIALEKTOLOGIYA BO‘YICHA EKSPEDITSIYA

05 Iyun 2018 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 392

Muallifi: Farhod ALIMOV
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i

Avval xabar berganimizdek Andijon Davlat Universitetining filologiya fakulteti qirg‘iz tili ta’lim yo‘nalishi talabalaridan iborat bir gurux tadqiqodchi izlanuvchilar Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shaxrida joylashgan qirg‘iz millatiga mansub tub aholining so‘zlashuvchi shevalari yuzasidan ilmiy ekspeditsiya olib bormokdalar.

Safarning dastlabki kunida talabalarimiz Kurbonjon Dodqo tug‘ilgan Orka qishlog‘ida bo‘lib Japalak ulusi tub aholining so‘zlashuvchi shevasi, joyning etimologik ma’nosi haqida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar.

Dasturda qishloqdagi toponimlarni aniqlash, ularni kelib chiqishi, ya’ni etimologiyasi, qishloqdagi shevalarni fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari haqida ma’lumotlar yig‘ildi.

2 iyun kuni Andijon Davlat Universiteti rektori professor A.S.Yuldashev O‘sh Davlat Universitetiga tashrif buyurib, dialektologik ekspeditsiyada ishtirok etayotgan talabalarimizga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari Andijon Davlat Universiteti hamda O‘sh Davlat Universiteti o‘rtasida ikki tomonlama imzolangan memorandium bandlari bo‘yicha suhbat olib borildi. Talabalarimiz ekspeditsiya davomida Sulaymon tog‘ini ziyorat qilishib, tog‘ atrofida yashovchi etnik guruhlar hamda ularning shevalariga oid so‘zlarning morfologik, stilistik ahamiyatini yaqindan o‘rgandilar. 4 iyun sanasida talabalarimiz Aq bura daryosi bo‘yidagi Toloykon ayilida bo‘ldilar. “Aq bura” etnonimining kelib chiqishi haqida shunday rivoyat borligi  ma’lum qilindi. Qadimda sharqirab oqib turgan suvga oppoq tuya kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan ekan. O‘sha tuya tushib ketgan joydan, suv tuyani o‘rkachi kabi to‘lqinsimon oqishi talabalarimizga mahalliy aholi tomonidan aytib o‘tildi.

Bundan tashqari Toloyqon ayilining faollari talabalarimizga qirg‘iz uyi (chodir) tikishni o‘rgatdilar. Talabalar qirg‘iz uy qanday tikilishi, anjomlari va ularni nomlari bilan tanishdilar. Talabalarimiz qirg‘iz uyini tikishda faol ishtirok etdilar. Mazkur jarayonda qishloq ahli talabalarimizga kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etdilar. Shu bilan birga bolani beshikka belash va qiz uzatish marosimi ko‘rsatib berildi.

Xalqaro hamkorlikni rivojlanib borishi ikki qardosh mamlakatlarning madaniyatini, tarixini va qadryatlarini yaqindan anglash imkoniyatlarini bermoqda. Talabalarimizning Qirg‘iziston Respublikasidagi dialektologik ekspeditsiyasi 9 iyun kuni yakunlanishi rejalashtirilgan.

Barcha ma’lumotlar universitetimizning qirg‘iz tili va adabiyoti o‘qituvchisi O.Usmonova ma’lumoti asosida tayyorlangan.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!