0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

DO‘STONA TASHRIF

14 Aprel 2018 yil, Shanba
Ko'rilgan: 164

Mualifi: Gulchexra ZOHIDOVA
Universitet pedagogika fakulteti talabalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 3 fevraldagi

PF 5326-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 3514-sonli qarori ijrosini ta’minlash, hududlarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, mamlakatimizning madaniy tarixiy merosini tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasining

5 ta viloyatining 60 nafar faol yoshlari hamda Andijon viloyatining faol yoshlari ishtirokida viloyatning diqqatga sazovor yerlariga tashrif uyushtirildi.

Qirg‘iziston Respublikasining faol yoshlari Andijon shahrida joylashgan Bog‘i Bobur ziyoratgohida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan kutib olindi. Tashrif buyurgan mexmonlar ziyoratgoh bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng Andijon shahridagi “O‘zbegim” savdo majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Kunning ikkinchi yarmida Andijon davlat universitetiga tashrif uyushtirilib, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar yuzasidan universitetning professor fan o‘qituvchilari hamda iqtidorli yoshlari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Respublikamizda yagona bo‘lgan “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasining faoliyati va oxirgi rusumdagi mashinalar bilan tanishtirish maqsadida Andijon shahridagi rasmiy savdo do‘koniga tashrif buyurildi.

Tadbir davomida Qirg‘iziston Respublikasidan tashrif buyurgan 60 nafar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!