0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

AQSH ELCHIXONASI TUHFASI

14 Aprel 2018 yil, Shanba
Ko'rilgan: 867

Muallifi: Farxod ALIMOV
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qaroridagi OTMlarning zamonaviy o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. Bunga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan elchixonalar bilan hamkorlikda turli grant loyihalarni amalga oshirish bu bilan universitetga investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgan.

2018 yil 13 aprel kuni AQSH O‘zbekistondagi muhtor elchisi Pamela L.Spratlen tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad AQSH elchixonasi tomonidan universitetning Axborot Resurs Markaziga talabalarga zamonaviy o‘quv adabiyotlar bilan  ta’minlash maqsadida 200 dan ziyod xorijiy adabiyotlar  taqdimoti hamda mazkur o‘quv markazda Amerika kutubxonasini tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

Mehmonlarni universitetning Axborot Resurs Markazi binosi oldida universitet rektori prof. A.S.Yuldashev, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i F.Alimovlar kutib oldi. Elchi xonim Axborot Resurs Markazining 1-qavatida joylashgan “Amerika kitob burchagi”ning tantanali ochilishida ishtirok etdi.  Shundan so‘ng mehmonlar markazning 2-qavatida joylashgan o‘quv zalida iqtidorli talabalar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvni universitet rektori prof. A.S.Yuldashev ochib, hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikka e’tibor kundan kunga oshib borayotganligi, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. So‘ng, elchi xonim so‘z olib AQSH elchixonasi tomonidan tuhfa etalayotgan o‘quv adabiyotlar yoshlarning kelgusidagi til malakalarini oshirishga va shu bilan birga kasb tanlashda ko‘makchi maslahatchi bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuv ikkinchi qismida talabalar elchi xonimga ta’lim va madaniyatga bog‘liq savollar berdilar hamda o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv yakunida universitet rektori mazkur tashrif uchun hamda AQSH elchixonasi tuhfasi uchun universitet jamoasi va yoshlari nomidan elchi Pamela L.Spratlen o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bunga javoban elchi unversitet rektoriga mehmondo‘stlik va yaratilgan sharoit uchun o‘z tashakkurini bildirdi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!