0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

BIZ XECH KIMDAN KAM EMASMIZ VA XECH KIMDAN KAM BO‘LMAYMIZ

13 Aprel 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 151

Mualifi: Abdukarim AKBAROV
“Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

2018 yil 6 aprel kuni Qo‘qon shahridan tashrif buyurgan “Saxovat dunyosi”   loyiha muallifi  Mansurbek Sultonov, Qo‘qon shahar hokimligi Qudash Muruvvat nogironlar uchun ayollar internat uyining ma’naviy marifiy ishlar bo‘yicha raxbar o‘rinbosari Yulduzxon Mamajonova rahbarligida “Siz baribir muqaddassiz muqaddas ayol” klubi a’zolari, Alijonova O‘g‘iloy va Kabirov Jahongirlar rahbarligidagi Farg‘ona viloyati Ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati Qo‘qon bo‘limining “Temuriy avlodlari” klubi a’zolari, Abdusattorov Isomuhammad rahbarligidagi Farg‘ona viloyati xokimligi Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Qo‘qon shahar 12-mexribonlik uyining “Ilg‘or yoshlar” klubi a’zolari va Mavlonova Ma’muraxon rahbarligidagi Qo‘qon Muruvvat nogironlar uchun erkaklar internat uyining “Mard o‘g‘lonlar” klubi a’zolari ishtirokida Andijon shahrining diqqatga sazovor joylariga boridilar va Andijon haqida juda iliq fikrlar bildirdilar. Shu kuni Andijon davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati Ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati Qo‘qon bo‘limining “Temuriy avlodlari” klubi a’zosi Abdusattorov Isomuxammad tomonidan ijro etilgan “Vatan” qo‘shig‘i, Kamolat To‘xtasinovaning she’riy guldastasi, ayollar Muruvvat uyining “Siz baribir muqaddassiz muqaddas ayol” klubi a’zolari tomonidan ijro etilgan “Adashgan ayol” sahna ko‘rinishi, Qo‘qon shahar 12-mexribonlik uyining “Ilg‘or yoshlar” klubi a’zolari Murotov Murot, Nabiev Sarvarlar ijrosidagi ajoyib raqs hamda erkaklar Muruvvat uyi yashovchilari tomonidan taqdim etilgan “Vatan Qadri” sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga olam-olam quvonch baxsh etdi.

O‘tkazilgan tadbir barcha qatnashchilar qalbida Vatanga muxabbat, bugungi kunga, yaratilayotgan imkoniyatlar uchun, sog‘-salomat o‘qib, ishlab yurganliklari uchun Yaratganga shukronalik, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan odil siyosat uchun minnatdorlik xissini uyg‘otdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan universitetning “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, filologiya fakulteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari K.Shaxobov, J.Azimovalar barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdilar. Bunday tadbirlarni OTM lar o‘rtasida ko‘proq tashkil etish, barcha viloyatlardagi mexribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qamrab olish va ularni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek “Biz xech kimdan kam emasmiz va kam bo‘lmaymiz” shior ostida birlashtirish kerakligi haqida gapirdilar. Tadbir ishtirokchilari, tadbirni tashkil etishda faol ishtirok etgan univenrsitetning iqtidorli talabalari universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan esdaliik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bugun ular haqiqatda xech kimdan kam emasliklarini isbotladilar.

Tadbir barchada chuqur taasurot qoldirdi. Mexmonlar bilan yana uchrashishga kelishib olindi va Qo‘qon shahriga kuzatib qo‘yildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!