0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ULUG‘BEK HAMDAM – HAM ADIB, HAM SHOIR

13 Aprel 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 724

Muallifi: Abdukarim AKBAROV
“Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

2018 yil 10 aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “Ulug‘bek Hamdam – ham adib, ham shoir” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 320 nafar filologiya fakultetining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda adabiyotshunos olim, shoir, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent H.Karim so‘zga chiqib, Ulug‘bek Hamdamning ijodiy faoliyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Adibning adabiyot olamida o‘ziga yarasha shov-shuvga sabab bo‘lgan “Yolg‘izlik”, “Muvozanat”, Sabo va Samandar” kabi asarlari haqida gapirib, asarlarning o‘ziga xos badiiyligi va mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ulug‘bek Xamdamning ilmiy faoliyati, himoya kengashining kotibi ekanligi, ilmiy ishlari esa o‘ziga xos o‘rni bilan ajralib turishi haqida olima Muqaddas Tojiboeva o‘z fikrlarini bildirdi.

Filologiya fakulteti dekani dotsent B.Rahmonov Ulug‘bek Hamdam tarjimalari, o‘zbek adabiyotida ularning ahamiyati va she’rlaridagi o‘ziga xoslik bir olam ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida filologiya fakultetining iqtidorli talabalari adib she’rlaridan namunalar o‘qidilar.

Tadbir so‘ngida olim, adib, tarjimon hamda publitsist Ulug‘bek Hamdam o‘zining Andijon farzandi ekanligi, bu yurtdan yana qancha shoirlar, olimlar, adiblar hamda tarjimonlar yetishib chiqishi haqida to‘lqinlanib gapirib, o‘z fikrlarini “Andijon” haqidagi she’ri bilan yakunladi.

Uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirib, she’riyatga, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini yanada oshirdi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!