0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

MINGTEPAGA SAYOHAT

09 Aprel 2018 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 492

Muallifi: Gulchexra ZOHIDOVA, Solijonova NOILA
Universitet pedagogika fakulteti talabalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob`yektlaridan samarali foydalanish, ko'rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko'paytirish borasida qarorlar qabul qilindi. Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o'zi taqozo etmoqda, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlardan ko'zlangan pirovard maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan. O'zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma`lum va mashhur bo'lgan ajdodlarimiz mangu qo'nim topgan. Ular qoldirgan boy ma`naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Shu jumladan, Andijon viloyatidagi Marhamat tumanida joylashgan “Mingtepa qadimiy yodgorligi”dir. Bu yodgorlikni O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya insituti va Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi Arxealogiya insitituti qo’shma arxeologik ekspeditsiyasi hamkoligiga bag’ishlangan yodgorlik.

Yurtboshimiz tomonidan turizim bo’yicha  qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti  Adhamjon Akbarov va Dmitriy Umnovlar rahbarlik qiloyatgan BTSTI 205- MT 104 guruh talabalari bilan birgalikda “Mingtepa qadimiy yodgorligi”ga  tashrif  buyurdilar.Ziyorat jarayonida ular ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Andijon viloyati Marhamat shahrining sharqiy qismida, Andijon shahri markazidan 38 km uzoqlikda joylashgan. Milloddan avvalgi V-IV va milodning IV asrlarda hukm surgan Dovon davlatining poytaxti bo’lgan Ershi shahrining xarobalaridir. Xitoy yozma manbalarida tilga olingan “Buyuk ipak yo’li”da joylashgan bu mahobatli shahar o’zining hunarmandchiligi, dexqonchiligi va “Samoviy tulporlari” bilan dunyoga mashhur bo’lgan. Rivoyatlarga qaraganda Davan davlatiga Xitoyliklar urush e’lon qilib yuz ming askar qo’shini bilan yurush boshlagan ,o’zbek mard o'g'lonlari o'n to'rt ming qo'shin askar bilan yenganligi ma’lum bo’ladi.Bunga sabab o’zbek jangchilarning ayol va erkaklari mohr chavondoz bo’lishib “Samoviy tulporlari”ga egaligi qo’l keladi. Xitoyliklarning jangning asosiy maqsadi “Samoviy tulporlari” ni qo’lga kiritmoqchi bo’lganligidir.Hozirgi kunga kelib Xitoyliklar qadimiy yodgorlikni o’rganishayotganligini asl mohiyati ,ularni bunchalik ko’p sonli qo’shinlari o’zbek janchilarining kam sonli qo’shinlariga yengilganligini sababini qidirib qazishma ishlarini amalga oshirishmoqda. Bugungi kunda  Mingtepa arxeologiya - yodgorligi vodiydagi o’zida shaharsozlik madaniyatini yaxshi saqlab qolgan eng mahobatli yodgorlikdir.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!