0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TARIXCHI TALABALAR QO‘QON SHAHRIDA

09 Mart 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 417

Muallifi: Iqboljon DJUMABOEV
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish borasida bir qator farmon va qarorlariga va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga binoan, universitet rektori professor A.S.Yuldashevning ko‘rsatmalariga ko‘ra tarix fakulteti dekani t.f.n. R.Shamsitdinov berilgan ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash maqsadida   fakultetning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Iqboljon Djumaboev rahbarligida fakultetning 20 nafar iqtidorli talabalari 2018 yil 3 mart kuni Farg‘ona vodiysining tarixiy shaharlaridan biri Qo‘qon xonligining poytaxti bo‘lgan Qo‘qon shahriga safar uyushtirildi.

Sayyoxatimiz mazmunidan kelib chiqib avvalo Qo‘qon xoni Xudoyorxon tomonidan bunyod etilib bizning davrimizgacha saqlanib kelayotgan Xon o‘rdasi (saroyi)ga tashrif buyurdik. Bu joyda Qo‘qon shahar o‘lkashunoslik muzeyi joylashgan bo‘lib, muzey xodimlari fakultet talabalargia Farg‘ona vodiysining qadimgi, o‘rta va xonliklar hamda rus mustamlakasi va sovetlar xukmronligi davriga oid muzeydagi eksponatlar bilan tanishtirdilar.

Xudoyorxon o‘rdasidan chiqib 1799 yil Qo‘qon xonligining bosh vaziri Norbo‘tabek tomonidan qurilib bizning kunlargacha saqlanib kelayotgan madrasani borib ko‘rdik. Madrasa bosh vaziri Norbo‘tabekning onasining mablag‘i evaziga qurilgan bo‘lib 30 ta xujradan iborat ekan. Madrasaga kiraverishda masjid bo‘lib, u xozirgi kunda ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, bu joyda Qo‘qon shahar bosh imom xatibi idorasi ham joylashgan. Madrasaning yonida mashhur “Dahmai Shoxon” (Shoxlar dahmasi) joylashgan bo‘lib, u yerdagi Qo‘qon xonlari va ularning oila a’zolarining qabrlarini, xonaqohni hamda mashhur shoira Qo‘qon xoni Umarxon (1810 – 1822 yy)ning turmush o‘rtog‘i, Qo‘qon xoni Madalixon (1822 – 1842yy)ning onasi  bo‘lgan sevimli shoiramiz Nodirabegimning qabrini ziyorat qildik.

Yuqoridagi tarixiy joylarni ziyoratidan so‘ng sayohatimizni Qo‘qon shahrining eng qadimiy jome masjidi bo‘lgan Qo‘qon xoni Olimxon davrida qurilishi boshlanib, Umarxon davrida qurilishi yakunlangan mashxur “Xo‘qandi Latif” jome masjidini borib ko‘rdik. Masjid 99 ta ustundan iborat maxobatli ayvoni hamda ozon chaqirishga mo‘ljallangan 24 metrli minorasi asl xolatida saqlanib kelinmoqda ekan.       

Sayyoxatdan ko‘zlangan asosiy maqsad tarixiy obidalarni tomosha qilib, ajdodlarimiz tomonidan qurilib bizgacha yetib kelgan me’moriy obidalar, ular tomonidan qoldirilgan turli ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy  hayotga oid osori – atiqalar yoshlarda vatanimiz tarixida qanchalik buyuk va shonli davrlar bo‘lganligiga guvoxlik berib turuvchi bunday shaharlarga xurmat bilan qarash va vatanparvarlik,  milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada oshirishga ko‘mak beradi.  Shuningdek,   taraxiy me’moriy boyliklarimizni ko‘z qorachig‘iday asrash lozimliginianglab yetadi.

Shuningdek, safar taasurotlarini keng ko‘lamda talabalarga yetkazish hamda bunday sayoxatlar davomiyligini saqlagan holda bosqichma –bosqich viloyatimiz va respublikamiz bo‘ylab tarixiy, me’moriy obidalarga boy shaharlarga ekspeditsiyalar uyushtirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. 

Talabalar ushbu sayyoxatdan mamnun bo‘lib, uni tashkil etishda universitet rektoratiga, kasaba uyushmasi raxbari M.Botirovga hamda fakultet dekani R.Shamsitdinovga o‘z minnatdorchiliklarini  bildirdilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!