0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

YARIMO‘TKAZGICHLAR FIZIKASINING VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

09 Mart 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 1169

Muallifi: Dots. A.QURBONOV
Mas'ul

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi

Andijon davlat universiteti

2018 yil 20-21 aprel kunlari Andijon shahrida “Yarimo‘tkazgichlar fizikasining va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning zamonaviy muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi institutlari ilmiy xodimlari, respublika Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, mustaqil izlanuvchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etadi. Ajumanda bir qator Yevropa universitetlari olimlarining va soha bo‘yicha ishlab chiqarish kompaniyalari vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.

Konferensiya doirasida yarimo‘tkazgichlar fizikasining va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning zamonaviy muammolarini muhokama qilishga bag‘ishlangan va taklif etilgan yetakchi olimlar ma’ruzalari kiritilgan yalpi majlis bilan bir qatorda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘’balar ishi tashkil etiladi:

  1. Yarimo‘tkazgichlar fizikasining fundamental va amaliy muammolari.
  2. Yarimo‘tkazgichli mikro- va nano- elektronika muammolari va istiqbollari.
  3. Yarimo‘tkazgichli fotovoltaikaning tadqiqiy va amaliy masalalari.
  4. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish.
  5. Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalari mutaxassislarini tayyorlashning o‘quv-tashkiliy va metodologik masalalari.

 

Konferensiyaga takdim etiladigan ma’ruza tezislarini rasmiylashtirish talablari:

  • ma’ruza tezislari matni o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lishi mumkin;
  • ma’ruza tezislari anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etiladi;
  • anjumanda ishtirok etish uchun ma’ruza tezisi matni to‘la 1 yoki 2 sahifa hajmda,
    A4 kattalikdagi qog‘ozda, 14 kegel, 1,0 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan va o‘ngdan 2 sm joy qoldirilib, Times New Roman shriftida rasmiylashtiriladi;
  • ma’ruza tezislarining nomi bosh harflarda yoziladi. Bitta bo‘sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi. Matn oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiritiladi. Matnda ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar mas’uldir. Talabga javob bermaydigan tezislar dasturga kiritilmaydi.

Ma’ruza tezislari 2017 yilning 25 martgacha tashkiliy qo‘mitaga rasmiy xat, ekspertiza akti, 2 nusxa qog‘ozda va elektron tashuvchida yuboriladi.

Anjuman boshlanishiga dastur va tezislar to‘plami nashr etiladi. Anjuman badali har bir tezis uchun 20,0 ming so‘m bo‘lib, quyidagi bank plastik kartasiga o‘tkazishingiz talab etiladi: 8600332964518397.

Tashkiliy qo‘mita manzili:

Andijon shahar, Universitet ko‘chasi 129-uy, Andijon davlat universiteti,  Fizika kafedrasi. Tel: (374) 225-61-30, +99891 487 11 88.

Elektron manzil: asu-semicphysrenes-2018@mail.ru

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!