0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

POLSHANING KSHISHTOFA SKUBISHEVSKIY FONDI TANLOV E'LON QILDI

26 Fevral 2018 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 890

Muallifi: Xalqaro aloqalar bo'limi

Polsha Respublikasining Kshishtofa Skubishevskiy fondi tanlov e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz. Tanlovda Markaziy va Sharqiy Yevropa, Bolqon davlatlari, Rossiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarining ilm izlanuvchilari ishtirok etib, K.Skubishevskiy nomli grantga va stipendiyasiga ega bo‘lishi imkoniyatiga ega.

Maqsad - xalqaro aloqalarda demokratik g‘oyalarni targ‘ib etish, inson huquqlari, davlatning huquqiy tamoyillari  va huquqiy me’yorlariga rioya etishdir.

Stipendiya va ilmiy grantlar nomzodlik dissertatsiyalarni himoya qilgan olimlarga yoki bir qancha ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli, shuningdek, davlatning huquqiy tamoyillarini targ‘ib etishda yuksak salohiyatga ega bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan.

Fond tomonidan 2018-2019 akademik yil uchun bitta stipendiya va ikkita ilmiy grantlar taqdim etilgan. Polsha davlatida ilmiy ishlarni boshlanish muddati 1- oktabr 2018 yil. Nomzodlar 40 yoshgacha  bo‘lishi, shuningdek ingliz tilini bilishligi maqsadga muvofiqdir. Hujjatlarni qabul qilish muddati 1 aprel 2018 yilgacha.

Tashkilotchilar tomonidan hamma sarf xarajatlar qoplanadi, bular xalqaro aviasayoxat va u yerda yashash bilan bog‘liq, shuningdek, bir oyga 1 mingAQSh dollar atrofida stipendiya, bir martalik yordam mablag‘i 1 ming AQSh dollar hamda kerakli kitob va ilmiy jihozlar sotib olishga va  300 AQSh dollar ilmiy izlanuvchiga ilmiy grant sifatida beriladi.

Batafsil ma’lumotni quyidagi elektron manzilda olishingiz mumkin:

http://www.skubi.net/stypendium2018ru.html

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!