0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANIQ VA MANZILLI CHORA TADBIRLAR BELGILANDI

09 Fevral 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 790

Muallifi: Umidaxon Ahmedova, universitet boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Sevara Foziljonova, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori

Har bir millatning kuch qudrati avvalo o‘sha yurtning ayollariga bo‘lgan e’tiboridadir. Qadimdan xalqimiz hayotida ayollarning o‘rni yuksak baholanib kelingan va hozirgi vaqtda bu e’tibor va e’tirof yanada rivojlanmoqda. 

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va yo‘nalishlarda o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun shart-sharoit yaratish, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning shu yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ayollarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘taradi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mazkur hujjat bilan O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va hududiy bo‘linmalarning yangilangan tuzilmalari, shuningdek, 5 ta bo‘lim va 56 ta banddan iborat “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi. Eng avvalo, xotin-qizlarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi. Shuningdek, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish hayotiy zarurat etib belgilandi.

Farmon bilan Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining tashkil etilishi esa alohida e’tiborga molik.

Ushbu Farmonda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor berish, joylarda og‘ir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, nogironligi bo‘lgan ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda ish olib borish va manzilli qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida xususiy tadbirkorlik va xunarmandchilikni rivojlantirish kabilarga alohida e’tibor berib o‘tilgan. Bundan tashqari  huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarini mustahkamlashga shaxsan javobgarligi alohida keltirilgan. Barcha ta’lim  muassasalari va mahalla fuqarolar yig‘ini qoshida  “Qizlarjon” klubini samarali tashkil etish orqali qizlarning ma’naviy va estetik madaniyatini, ijtimoiy va siyosiy faoliyatini oshirish, erta nikoh va oila, qizlarning reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilishi bo‘yicha ham alohida chora tadbirlar ishlab chiqilganligi yanada quvonarlidir. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti 14 yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan fan, ta’lim, adabiyot, san’at, sport va ijtimoiy sohalarda katta yutuqlarga erishgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardan ikki nafar talabgorlarga beriladigan va mukofotga o‘rta maxsus ta’limda laureat bo‘lgan qizlar oliy ta’limning bakalavr bosqichigi, bakalavrda ko‘lga kiritganlar esa magistratura bosqichiga hech qanday sinovlarsiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi. Endilikda mukofot sohibalari har bir hududning chekka joylaridan boshlab iqtidorli qizlarni topish, ularning tashabbuslarini quvvatlagan holda  qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda amaliy yordam berishlari zarur. Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlar uchun “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu esa O‘zbekiston xotin-qizlari uchun imkoniyatlar qamrovini yanada kengaytiradi.

Umuman olganda, mazkur Farmon bilan zimmamizga juda ulkan mas’uliyat yuklanayotganini his qilgan holda, faoliyatimizni ushbu yangi va dolzarb mezonlar asosida jadallik bilan rivojlantirishga va buning natijasida universitetimizda faoliyat yuritayotgan har bir ayolning, ta’lim va tarbiya olayotgan talaba-qizlarimiz huquqlarining ta’minlanishi va o‘z hayotlaridan mamnun holda yashashlari uchun munosib hissa qo‘shishga astoydil bel bog‘ladik.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!