0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLI KADRLARNI TAYYORLASH INSTITUTI TANLOV E'LON QILDI

07 Fevral 2018 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 861

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash kursi tinglovchiligiga tanlov e'lon qildi.

Hozirgi kunda mazkur o'quv kurslariga talabgor bo'lgan nomzodlarning hujjatlari O'zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari tomonidan qabul qilinmoqda.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

— oliy ma’lumotl;
— 35 yoshdan oshmagan;
— kamida ikki yillik ish stajiga ega;
— O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlardan xabardor, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida chuqur bilimga ega;
— O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsadi va vazifalaridan xabardor;
— mas’uliyatli, tashabbuskor, yetakchilik qobiliyati va jamoa bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi lozim.


Topshiriladigan hujjatlar:

1. Ariza (institut direktori nomiga hujjatni qabul qilish to'g'risida).
2. Ish joyidan tavsiyanoma.
3. Diplom va ilovasining nusxasi.
4. Belgilangan shakldagi ma’lumotnoma (obyektivka, elektron shakli bilan).
5. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxasi.
6. 3,5×4,5 hajmdagi fotosurat (4 dona).
7. 086-U formadagi tibbiy ma’lumotnoma.
8. Pasport nusxasi.

Hujjatlar O'zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlarida 2018 yil 10 fevralga qadar qabul qilinadi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!