0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

SHUNCHA YIL PORA OLGANINGIZ YETTI PUSHTINGIZGA YETADI. ENDI VATANNI HAM O‘YLANG!

31 Yanvar 2018 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 673

Muallifi: To‘ra Murod
www.xabar.uz

«Bir ishda korrupsiya aralashmasa, poraxo‘rlik bo‘lmasa, adolat bo‘lsa, nima bo‘lishini kecha orqasida hech kimi bo‘lmagan 23 yoshli jaydari futbolchi bolalar ko‘rsatib qo‘yishdi».

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Prezidenti

Olmang shu porani, o‘lib ketsin shu pora!

Boshqa soha vakillari, siz ham buni qulog‘ingizga quyib oling!

Shuncha yil olganingiz yetti pushtingizga yetadi. Endi Vatanni ham o‘ylang!

Yurt kelajagini ham o‘ylang!

Sizning ham sohangizni borib Prezident tozalib berishini kutmang! O‘zingiz ham bir orqa-oldingizni tozalab oling!

Bo‘ldi deng, baraka topgur, bo‘ldi deng! Endi olmayman shu porani deng!

Bir marta olmang, to‘g‘ri, qiyin bo‘ladi, ammo o‘rganasiz.

Siz aqlingizga sig‘dira olmaysiz, ammo mana, biz bir umr pora olmasdan yashab kelayapmiz, xudoga shukur! Qiyin, ammo yashayapmiz!

Ana shunda 23 yoshli bolalar uchun butun O‘zbekiston oyoqqa turganidek, siz uchun ham el oyoqqa turadi, ehtirom ko‘rsatadi!

Qiyomatda ham javob berishingiz osonroq bo‘ladi!

Hech bo‘lmasa, bugun, pora olmaganlar Osiyoni lol qoldirib turganda olmang shu porani, baraka topgur!

Manbaa: http://www.xabar.uz

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!