0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

PEDAGOGIKA FAKULTETIDA “QIZLAR ODOBI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

01 Aprel 2021 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 412

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 1-aprel kuni Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi Gulnozaxon Teshaboyevaning tashabbusi bilan fakultetda tahsil olayotgan boshlang‘ich ta’lim va texnologik ta’lim yo‘nalishlari 1-kurs talaba-qizlari o‘rtasida "Qizlar odobi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida universitet xotin-qizlar kengashi raisi Umidaxon Ahmedova, fakultet murabbiylar kengashi raisi Ra’no Yankina, pedagogika kafedrasi mudiri Nasibaxon Abdullayeva, umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi kafedrasi mudiri Sobiraxon Toshpo‘latova, dotsent Arofatxon Negmatova, fakultetda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar hamda 200 nafarga yaqin talaba-qizlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida so’zga chiqqanlar qizlarning yurish-turish, kiyinish, so‘zlashish odobi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu borada qilinishi lozim bo’lgan ishlar haqida kelishib olindi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!