0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

MATEMATIKA KAFEDRASI VILOYATIMIZ UMUMTA'LIM MAKTABLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARINI YANGI BOSQICHGA KO'TARMOQDA

19 Noyabr 2020 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 118

Prezidentimizning 30-oktabr kuni ta’lim-tarbiya tizimini tubdan yaxshilash masalasiga bag’ishlab o’tkazgan videoselektor yig’ilishida ko’tarilgan dolzarb muammolardan biri sifatida ta’lim tizimining o’zara integratsiyaga kirishmagani ko’rsatilgan va ushbu muammoni bartaraf etish bo’yicha aniq ko’rsatmalar berilgan edi.

Andijon davlat universitetida kafedralarga ushbu topshiriqlar ijrosini bajarish maqsadida viloyatimizdagi umumta’lim maktablari hamda kafedralar o’rtasida o’rnatilgan hamkorlik aloqalarini tanqidiy asosda qayta ko’rib chiqish vazifasi yuklatildi.

Viloyatimizdagi umumta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalarini olib borishda yetakchi kafedralardan biri bo’lgan Matematika kafedrasi bu vazifalar ijrosini ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratgan.  

Matematika kafedrasining bir guruh professor-o'qituvchilari: dotsent T.Ibaydullayev, katta o'qituvchilar Sh.Abdug’apparova hamda S.Umrzaqovlar o'zaro hamkorlik shartnomasi bo'yicha Oltinko'l tuman 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'ldilar.

Tashrif davomida bitiruvchi sinf o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi va o’quvchilarni qiziqtiradigan asosiy savollar, oliy ta’lim muassasalariga kirish, qabul jarayonlari, Matematikaga qiziquvchilar uchun yo’nalishlar haqida muhim ma’lumotlar va boshqa turli masalarda suhbat o'tkazildi.

Shuningdek, maktabda o’quvchilarga bilim beruvchi matematik o’qituvchilar bilan fanni o’qitish, metodik ta’minot, matematika fanini o’qitish bo’yicha xorij tajribasi yuzasidan suhbat o’tkazildi. Suhbatda maktab o’qituvchilariga o'qitish sifatini yaxshilash bo'yicha kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan metodik qo'llanmalar taqdim etildi. Qo'shimcha ta'lim berish bo'yicha amaliy yordamlar taklif etildi.

 

Shuningdek ushbu maktab o’quvchilarining oliy ta’lim muassasalarigalarga kirish darajasini ko'tarish bo'yicha universitet o'quv-uslubiy boshqarmasi boshlig'i, f.-m.f.n., dotsent R.Mullajonov tomonidan tayyorlangan chora-tadbirlar rejasi bo'yicha qilinayotgan ishar sarhosob qilindi. Bu yilgi OTMlarga kirish darajasining mazkur maktabda ham ko'tarilgani mana shu rejaning samaralaridan biri ekani e'tirof etildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!