0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

CHET TILLAR FAKULTETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI UCHUN “APTIS FOR TEACHERS” TEST SINOVLARI O‘TKAZILADI

16 Oktyabr 2020 yil, Juma
Ko'rilgan: 149

Muallifi: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Britaniya Kengashi o‘rtasida 2020-yil 2-mart kuni chet tillari o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun “Aptis for teachers” test sinovlarini o‘tkazish haqida kelishuv bitimi imzolangan.

Ushbu bitimga ko‘ra, Davlat test markazi hamda Britaniya Kengashi tomonidan chet tillari o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun “Aptis for teachers” test sinovlari joriy yilning 3-noyabrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun: “Aptis for teachers” test natijalariga ko‘ra S darajaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga mazkur hujjatning amal qilish muddati davomida chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlaridan o‘tishlari talab etilmaydi.

“Aptis for teachers” test sinovlari kompyuterda onlayn tarzda o‘tkaziladi va o‘z ichiga tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini oladi. Test sinovlari natijalari imtihon o’tkazilgandan so’ng 3 kun ichida e’lon qilinadi.

Davlat test markazi va Britaniya Kengashi hamkorligida o‘tkaziladigan “Aptis for teachers” test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari etib belgilangan.

Ixtiyoriy ravishda ushbu test sinovlarida qatnashishingiz uchun Davlat test markazining (https://dtm.uz/page/aptis) rasmiy veb-sayti orqali o‘rnatilgan tartibda murojaat qilib, test sinovlarida ishtirok etishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!