MUHIM E’LON! MAGISTRATURAGA KIRISH UCHUN RO‘YXATDAN O‘TGAN ABITURIENTLAR DIQQATIGA!
07 Sentyabr 2020 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 1359
2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda 2020 yil 8-20 sentabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan.
Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun "Ruxsatnoma"ni http://magistr.edu.uz va http://ruxsatnoma.edu.uz/ manzili orqali yuklab olish imkoniyati yaratilgan.
Ayni vaqtga kelib mazkur tizim orqali 54 mingdan oshiq abiturientlar ruxsatnomalarini yuklab olishgan (jami abiturientlar soni esa 70 mingdan ortiq).
Imtihon boshlanishiga oz vaqt qoldi, ShOShILING, ruxsatnomalarni yuklab oling.
Magistratura abiturientlari test imtihonlariga faqat PASPORT va kirish imtihonlarida qatnashish uchun RUXSATNOMA bilan kiritilishini yana bir eslatib o‘tamiz.
Eslatib o'tamiz imtihonlar Andijon davlat universitetining Xorijiy tillar fakulteti sport zali binosida o'tkaziladi. Manzil: Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 5-uy.