0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

2020/2021 O'QUV YILI UCHUN MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI UCHUN QABUL KVOTALARI VA ASOSIY MA'LUMOTLAR

01 Iyul 2020 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 48278

Muallifi: Axborot xizmati

Qizil rangdagi yozuvlar ustiga bosib, ko'rsatilgan jadvallarni ochishingiz mumkin

2020/2021 O'QUV YILI UCHUN ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA AJRATILGAN MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI UCHUN QABUL KVOTALARI. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son (https://t.me/eduuz/2492) qaroriga muvofiq 2020/2021 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Veb-sayt: http://magistr.edu.uz  

Eslatma:

Magistraturaga qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layn test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati) ni aniqlash bo‘yicha test savollari ham kiritiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev huzurida 2020 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar.

2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi OTMlari MAGISTRATURA uchun davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. Jadvalni yuklab olish.

MAGISTRATURAGA O‘QISHGA KIRISH UCHUN HUJJATLARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZUVCHILAR DIQQATIGA!

Magistraturaga onlayn ro'yxatdan o'tish bo'yicha yo'riqnoma

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni 2020 yil 1 iyuldan boshlab, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Mazkur hujjat topshirish jarayonida TEST SINOVLARI topshiriladigan HUDUD belgilanishi lozim.

Hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika hududlarini “sariq” va “qizil” hududlarga o‘zgarish ehtimolligi saqlanib qolmoqda. Shu bois, talabgorlar TEST SINOVLARI topshiriladigan hudud sifatida O‘ZI bugungi kunda YaShAB TURGAN hududni belgilashi TAVSIYa ETILADI.

Shundagina vaqtni ortiqcha sarflash cheklanadi va masofani bosib o‘tishga ehtiyoj yuzaga kelmaydi.

2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati. Ro'yxatni yuklab olish.            

 MAGISTRATURAGA QAYSI FANLARDAN IMTIHONLAR BO‘LADI?

27.04.2019 yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan magistratura bosqichining kirish imtihonlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda faqat 2 ta fandan imtihon bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha).

Shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha).

Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi.

Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:

- ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;

- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;

- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha.

Eslatma: Magistraturaga kirish imtihonlari bu yil onlayn test shaklida bo'ladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA MAVJUD MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI BO'YICHA (IJODIY) IMTIHON DASTURLARI

Qirg'iz tili va adabiyoti (tarmoqlar va sohalar bo'yicha). Dasturni yuklab olish.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!