0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ADU MAGISTRANTLARIGA GERMANIYALIK PROFESSOR MASOFADAN TURIB DARS O‘TMOQDA

12 Mart 2020 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 504

Muallifi: Axborot xizmati

So‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini jahon andozalari asosida tashkil etish eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Bu borada masofaviy ta’lim tizimini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bunda yirik xorijiy ta’lim muassasalarining yetuk mutaxassislarining vebinar darslarini tashkil etilishi yoshlarimizning zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishida, dunyoda o‘z mutaxassisliklarining asosiy tadiqiqot mavzulari va muammolari nimadan iborat ekanini o‘rganishga va bu yo‘nalishlarda o‘zi izlanishiga zamin yaratadi.

Andijon davlat universiteti professori R.Alievning sa’y harakatlari bilan Berlin texnika universitetining energiya jarayonlari muhandisligi va qayta tiklanadigan energiya uchun konversiya texnikasi professori Frank Behrend tomonidan  Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanidan vebinar darslar olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Joriy yilning 11-mart kuni vebinar darsning birinchi ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Vebinar darsda professor Frank Behrendning “Jahonda energiya resurslari bilan ta’minlanish holati va qayta tiklanuvchi energiya manbalari rivojlanishi” mavzusidagi ma’ruza tinglandi.

Unda butun dunyoda energiya bilan ta’minlash, yaqin kelajakda energiyaga bo‘lgan ehtiyojning oshib borishi, tiklanmas enargiya manbalarining tugab borayotgani, 140 ta mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari, 2050-yilga qadar ushbu jarayonning prognozlari tahlil qilindi. Shuningdek, xorijlik professor dars mobaynida bugun kun tartibiga chiqayotgan ekologik muammolar, butun jahon jamoatchiligi va olimlar tomonidan atmosferani ifloslantirish darajasini kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlar va dekorbanizatsiya jarayonini ommalashtirish, energiyani neft, gaz, ko‘mirni yoqish orqali olinuvchi turlarini kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish orqali ekologik vaziyatni yaxshilash va shu bilan birga hozirgi texnikaviy taraqqiyotni yanada rivojlantirish mumkin ekanligini grafiklar, diagrammalar, olimlarning bashoratlari orqali tushuntirib berdi. Talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikrlari, savollari bilan murojaat qildilar, qizg‘in muhokamalar o‘tkazdilar.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, AndDUdagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy laboratoriyasi 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 11 nafar tadqiqotchi professor Raimjon Aliev rahbarligida 3 ta yo‘nalishda ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar. Laboratoriyada olingan tadqiqot natijalari asosida hozirda 6 ta patent olingan va joriy yilda ishlab chiqarishga joriy etilishi rejalashtirilgan. Ahamiyatlisi, Akademik innovatsiyalar fondining 40 ming yevro hamda Jahon bankining 140 ming AQSh dollari miqdoridagi yutib olingan grand mablag‘lari hisobidan laboratoriya eng so‘nggi jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari ichida shu turdagi yagona laboratoriya hioblanadi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!