0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

BARCHA E'ZOZ VA EHTIROM AYOLLAR UCHUN (fotogalereya-video)

07 Mart 2020 yil, Shanba
Ko'rilgan: 985

Muallifi: Axborot xizmati

Yoshlik va yasharish nafasi ufurib kelayotgan bahorning ilk kunlarida eng nozik hilqat vakillari bo’lmish ayol-qizlarimiz bayramini nishonlaymiz. Dunyo tarixida topilgan ilk san’at asarlari va haykaltaroshlik na’munalarida ham Ona, Ayol tasvirlanganligi bu so’zimning isboti bo’la oladi.

 

Darhaqiqat, ayolning vafo va sadoqati, nafosati va nazokati, aql-zakovati va fidoiyligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. U muhabbat va matonat ramzi.

Andijon davlat universitetining barcha fakultetlarida bayram keng miqyosda nishonlandi, ayollarimizga sovg’alar va gular ulashildi. Ularni madh etuvchi she’rlar o’qildi. Asosiy tadbir esa universitet katta majlislar zalida ko‘ngilochar konsert dasturi sifatida tashkil etildi. Tadbirni universitet rektori Akramjon Yuldashev o‘zining tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

Tarix fakulteti Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan ko‘ngilochar chiqishlar, kuy-u qo‘shiqlar, raqslar barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.

Bayram tadbiriga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilarga universitet kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan gullar va esdalik sovg‘alari ulashildi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!