0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ISHLAB CHIQARISH VA TA’LIM INTEGRATSIYASI: “UZAVTO MOTORS” DA NAZARIY BILIMLAR MUSTAHKAMLANDI

06 Mart 2020 yil, Juma
Ko'rilgan: 891

Muallifi: Axborot xizmati

Kecha, 3-mart kuni Andijon davlat universitetining “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” yo‘nalishi 3-bosqichining 25 nafar talabalari Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti D.Nurmatov va o‘qituvchi M.Karimovlar hamrohligida “UzAuto Motors” AJda bir kunlik o‘quv amaliyotida bo‘lishdi.

Dastlab, “UzAuto Motors” AJning bo‘linma boshlig‘i B.Xakimov talabalarga texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirdi va shunga oid 15 daqiqalik videorolik namoyish etildi. So‘ng jamiyatning koordinatsiya bo‘limi menejeri N.Mo‘minov talabalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishtirish maqsadida avtomobil kuzovlarini presslash, payvandlash, yig‘uv-butlov, bo‘yash sexlari, mashinalarni sinovdan o‘tkazish bo‘limlariga olib bordi.

Zavod xodimlari N.Mo‘minov hamda B.Xakimovlar amaliyotchilarni ish jarayonni bilan tanishtirdilar. Ular “Lasetti”, “Kobalt”, “Neksiya” va “Spark” rusumli avtomobillarning kuzov qismlarini presslash, kuzov-butlovchi qismlarini bir-biriga payvandlash, sexlardan olingan butlovchi qismlar yig‘ish va tayyor mahsulot, ya’ni avtomobil ko‘rinishiga keltirish, bo‘yash jarayonlari to‘liq ko‘rsatilib, bu jarayonda mehnat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Talabalar “Mexnat ko‘rsatikchlari tahlili” fanining mehnat tashkil etish holatiga baho berish, ish vaqtidan foydalanishining tahlili, mehnatni normalashtirishni tahlili, ishchilarning foydali ish koeffitsienti, ish vaqtini samarali tashkil etish va boshqa mavzulariga oid olingan nazariy bilimlarini amaliy tarzda ko‘rish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tahlillar davomida talabalar ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha mutaxasislarga savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni oldilar.

“Mehnat qo‘rsatkichlari tahlili” fanidan “UzAuto Motors” AJda tashkil etilgan bir kunlik o‘quv amaliyoti talabalarda mutaxassislik faniga nisbatan qiziqishini yanada ortishi, nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashiga xizmat qildi. Tashkil etilgan bir kunlik amaliyot barcha talabalarda ijobiy taassurotlar qoldirdi. Amaliyot so‘ngida talabalar boshqa zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida yana shunday o‘quv amaliyotini tashkil etishni taklif qilishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Iqtisodiyot kafedrasining 2019 yil 30 sentabrdagi 1-sonli yig‘ilishida “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” yo‘nalishi talabalarini amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish maqsadida viloyatdagi nufuzli ishlab chiqarish korxonalariga bir kunlik o‘quv amaliyotini tashkil etish vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!