0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITETIMIZ QOSHIDA FILOLOGIYA FANLARI BO‘YICHA ILMIY DARAJALAR BERUVCHI ILMIY KENGASH O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

04 Mart 2020 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 824

Muallifi: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2019 yil 30 dekabrdagi 405-sonli qaroriga asosan Andijon davlat universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tashkil etildi.

Mazkur ilmiy kengashda quyidagi ixtisoslik bo‘yicha dissertatsiyalar himoya qilinadi:

10.00.01 — “O‘zbek tili”

10.00.02 — “O‘zbek adabiyoti”

10.00.04 — “Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”

10.00.06 — “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”

Shuningdek, ilmiy kengashga quyidagi ixtisoslik bo‘yicha bir martalik ilmiy kengash tuzishga ruxsat berildi:

13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (filologiya fanlari bo‘yicha)

Ushbu qarorga ko‘ra mamlakatimizdagi OTMlarning yetakchi olimlari bo‘lgan ilmiy kengashning 21 nafar, kengash qoshidagi seminarning 21 nafar a’zosi tasdiqlandi. Kengash raisi etib filologiya fanlari doktori, AndDU professori Shoxida Shaxobiddinova tayinlandi.

Ilmiy kengash a’zolarining 10 nafari, kengash qoshidagi ilmiy seminarning 16 nafar a’zosi AndDU professor-o‘qituvchilari hisoblanadi

Ilmiy kengash tarkibi:

Shaxobiddinova Shoxida Xoshimovna (rais) – AndDU, filologiya fanlari doktori, professor;

Uluqov Nosirjon Muxammadalievich (rais o‘rinbosari) – NamDU, filologiya fanlari doktori, professor;

Umarxo‘jaev Muxtor Eshonxo‘djaevich (rais o‘rinbosari) – AndDU, filologiya fanlari doktori, professor;

Raximov Usmonjon Ergashevich (ilmiy kotib) – AndDU, filologiya fanlari nomzodi, dotsent;

Ilmiy seminar tarkibi:

Umarxo‘jaev Muxtor Eshonxo‘djaevich (rais) – AndDU, filologiya fanlari doktori, professor;

Mirzaeva Salima Rayimjanovna (rais o‘rinbosari) – AndDU, filologiya fanlari doktori, professor;

Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich (ilmiy kotib) – AndDU, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!