0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITETIMIZNING BIR GURUH TALABALARI TOSHKENT VA SAMARQAND SHAHARLARIGA SAYOHATGA YUBORILDI

06 Yanvar 2020 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 158

Muallifi: Axborot xizmati

Talaba yoshlar orasida ajdodlarimiz ruhiga hurmat tuygʻusini shakllantirish, ular qoldirgan maʼnaviy va madaniy merosini oʻrganish, talabalarni qishki ta'til kunlarini mazmunli o'tkazish hamda yoshlar ichki turizmni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 3-yanvar kuni Andijon davlat universitetining bir guruh iqtidorli talaba yoshlari universitet rektori buyrugʻiga asosan Toshkent va Samarqand shaharlariga sayohatga chiqishdi.

Sayohatning birinchi kuni erta tongdan universitet talabalaridan iborat sayohatchilar guruhi Toshkent teleminorasi tomon yoʻl oldilar. Talabalar Toshkent teleminorasiga tashrif davomida u yerdagi eksponatlar bilan tanishib, teleminora haqida kerakli maʼlumotlarni bilib oldilar.

Toshkent teleminorasi Markaziy Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metr. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitkazilgan. Ishga tushirilayotgan paytida Toshkent teleminorasi jahonda balandligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan. O‘shanda u Toronto, Moskva, Nyu-York va Tokiodagi inshootlar qatorida dunyoning buyuk minoralari xalqaro federatsiyasining a’zosiga aylangan. MDH davlatlari teleminoralari ichida Ostankinodan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Kunning ikkinchi yarmida esa Anhor Lokomotiv istirohat bog‘iga tashrif buyurib, bog’ hududida tashkil etilgan O’zbekistonning diqqatga sazovor joylarining maketlari qurilgan maydon, yurtimizning mashxur shaharlari: Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon va boshqa shaharlarni eslatuvchi kichik mahallalar ko’zdan kechirilib, sayohatchilar bu yerda o’zlarini huddi qadimiy shaharga tushib qolgandek his qildilar. Talabalar yopiq maydonda katta karting hamda o’yin markazlari, turli koʻngil ochar attraksionlarda mazza qilib oʻynab kuldilar.

Yana bir diqqatga sazovor joylardan biri Temuriylar tarixi muzeyi bo‘ldi. Ushbu muzeyda buyuk bobomiz Amir Temur tomonidan barpo etilgan buyuk saltanat tarixiga oid juda noyob va qimmatli eksponatlarni ko‘zdan kechirdilar hamda o‘sha davr ruhini his qildilar. Eksponatlarni ko‘zdan kechirarkanmiz uning ajdodlarimiz o‘z davrida naqadar taraqqiy topgan tamaddun yaratganliklari, ilm-fan rivoji o‘zining cho‘qqisiga chiqqaniga guvoh bo‘ldik. Bunday muzeylar tomosha qilish bizda o‘tmishga hurmat, g‘urur uyg‘otishi bilan birga, bizni ham bilim olishga undaydi.

Sayohatning uchinchi kuni universitetimiz talabalari Samarqand shahriga tashrif buyurdilar. Ularning Samarqanddagi birinchi manzili buyuk muhaddis olim, islom olamida eng mashxur hadislar to’plami muallifi Imom al-Buxoriyning Hartang qishlog’ida joylashgan majmua bo’ldi. Majmuada buyuk bobokalonimizning maqbarasi joylashgan bo’lib, bu yerda muqaddas Qur’on oyatlaridan tilovat qilindi. Shundan so’ng, majmua hodimi talabalarni Imom Ismoil al-Buxoriy hayoti va faoliyati, ushbu maqbaraning qurilishi va tiklanishi bilan bog’liq juda muhim ma’lumotlar bilan tanishtirdi.

Sayohatchilarning keying manzili Mirzo Ulug’bek bobomiz observatoriyasi va muzeyi bo’ldi. Talabalar bu yerda bobokalonimizning ilmiy merosi yaratilgan observatoriyasining qurilishi, tadqiqotlar olib borilgan uskunalar, yaratilgan kitoblar bilan batafsil o’rgandilar.

Talabalar sayohat davomida shuningdek, Shohi Zinda majmuasi, Islom Karimov maqbarasi, Bibixonim yodgorligi, Suyob bozori va nihoyat O’zbekiston gavhari Registon maydoni ham borib ko’rildi. Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralar, Bibixonim masjidining ulkanligi, Registon maydonidagi Ulug’bek, Tillakori va Sherdor madrasalarining ulug’vorligi, salobatliligini ta’rifiga til ojiz.

Ushbu obida va majmualarning me’morchilik uslubi, o’ziga xos me’morchilik yechimlari, tashqi bezaklar turli mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarini o’ziga rom qilgani bejiz emasligiga guvoh bo’ldilar. Talabalar ushbu majmualarning tarixi, bunday binolarning qurish uchun zamonasining yuksak ilm-fan yutuqlaridan foydalanilgani haqida qiziqarli ma’lumotlarga va bilimga ega bo’ldilar.

Sayohat milliy davlatchilik tariximizda alohida e’tirof etilgan, jahonning eng yirik imperiyalaridan biriga asos solgan Amir Temur va Temuriylarning xilxonasi – Go’ri Amirga tashrif bilan yakunlandi. Bu yerda buyuk bobokalonimiz Amir Temur va uning farzandlari, nabiralari va boshqa temuriylar xotirasiga Qur’oni Karim oyatlaridan tilovat qilindi.

Talabalar ushbu sayohatdan juda katta taassurotlar, ma’lumotlar oldilar, tarixiy obidalarimiz va shaxslar haqida bilimlarini oshirdilar, bu esa o’z navbatida ularda milliy g’urur va iftixor, ajdodlardan o’rnak olgan holda bilim egallashga bo’lgan intilishlarini yanada oshirdilar. Uch kun davom etgan sayohatning 50%i universitet tomonidan moliyalashtirilishi talabalarni yanada quvontirdi.

Ular ushbu sayohatni amalga oshirishda barcha tomondan qo’llab-quvvatlagani  uchun universitet rektori Akramjon Yuldashevga hamda yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A’zamjon Hamroqulovga o’zlarining juda katta minnatdorchiliklarini bildiradilar.           

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!