0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

FARG'ONAGA SAYOHAT

11 Yanvar 2018 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 322

Andijon davlat universitetining mutasaddilari tomonidan Farg‘ona viloyatining Quva shahriga  sayohat uyushtirildi. Sayohatda universitetning xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi raisi M.Botirov, tarix va ijtimoiy-iqtisod fakulteti, fizika-matematika va tabiiy fanlar fakultetining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Sayohat davomida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon saroyi va XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida qurilgan tarixiy obidalar va binolar bilan tanishdilar. Muzeylarda saqlanayotgan tarixiy eksponantlarni atroflicha o‘rganib chiqdilar.

Shuningdek, tarix fakulteti dekani tarix fanlari nomzodi Ravshanbek Shamsitdinov buyuk astronom, matematik va geograf Al-Farg‘oniyning tarixi, u zotga atab Farg‘ona shahrining markazi va Quva shaharida barpo qilingan majmualar to‘g‘risida sayohat ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berdi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga sayohat jarayonida javob oldilar va mazkur uyushtirilgan sayohat talabalarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu sayohatni tasvirga olishda Andijon viloyat teleradiokompaniyasi yaqindan yordam berdi.

Sayohat yakunida qishki ta’til vaqtida universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun vodiydagi diqqatga sazovor bo‘lgan shaharlar hamda qadamjolarga sayohatlar uyushtirish ko‘zda tutildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.