0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   Без изображений  

BOLAM BAXTLI BO'LSIN, DESANGIZ...

08 Января 2018 год, Понедельник
Просмотрено: 938

Автор: Muhammadjon QURONOV

Atoqli olim Najmiddin ­Komilov shunday yozgan edi: «Ma'naviy tarbiya deganda inson irodasi, ma'naviy olami, tafakkuri va ­dunyoqarashining zamon talablari darajasida shakllanishini tushunamiz».

Ma'naviy tarbiya keng ko'lamli chuqur ma'noli tushunchadir. Bunda adabiyot, san'at turlari, tarixiy an’analar, qadimiy mumtoz falsafa, xalq ijodi, avlodlar tajribasi, yaxshi udumlar, adabiyotlarning birgalikda ishtiroki nazarda tutiladi. Bu yana shuning uchun ham muhimki, jamiyatimiz taraqqiy etib borgan sari ma’naviy tarbiyani izdan chiqarishga urinishlar bo'lmoqda. Bu holatlar, bizning fikrimizcha, quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'lmoqda.

Yoshlar dunyoqarashini buzishga intilish

Afsuski, dunyoda yoshlar dunyoqarashini buzishga qaratilgan xatti-harakatlar tobora avj olayotgani ko'zga tashlanmoqda. O'z Vatanini yomon ko'rsatish, o'tmishga nisbatan bepisandlik ruhini singdirish, davlat va jamiyatga, kelajakka nisbatan ishonchsizlik hissini uyg'otish — yoshlar dunyoqarashini buzishga qaratilgan g'oyalardir. Buning aksi o'laroq, G'arb hayoti xuddi jannatdek ko'klarga ko'tarib maqtalmoqda.

Biz o'zgalar turmush tarzi, axloqini ko'r-ko'rona qabul qilolmaymiz. Bu bizning asriy an’analarimizga yot. Shu kabi haddan tashqari individualizmga berilish, xudbinlik, o'zibo'larchilik, manfaati yo'lida hech narsadan tap tortmay, bosib-yanchib ketish kabi illatlar xalqimiz tabiatiga to'g'ri kelmaydi.

G'arbdagi ayrim «o'ta liberallar» milliy urf-odat, an’nalar demokratiyaga zid. Shuning uchun ulardan iloji boricha tezroq voz kechish kerak, degan qarashni targ'ib etmoqda. Ularning nazarida, demokratiya bu — hammaning Amerika yoki Yevropa turmush tarzi, an’analarini qabul qilishidir. Buning uchun Sharq mamlakatlari o'z milliy qiyofasi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlaridan voz kechishi, ya’ni yoppasiga g'arbiylashuv yo'lidan borish kerak emish. Masalan, ularning nazarida farzandlar voyaga yetgach, ota-ona nasihatlariga quloq solishi, ular bilan maslahatlashishi shart emas. Oilada ham har kim o'zi uchun yashashi, er xotin ishlariga, xotin erining ishlariga aralashmasligi kerak.

Bunday vayronkor g'oyalardan nafaqat alohida kishilar aziyat chekadi, balki butun-butun milliy madaniyatlar yemiriladi. Odamlar asta-sekin bu g'oyalarni olib kelib singdirganlar uchun tayyor qurolga, «taraqqiy etgan» qullarga aylanadi. Afsuski, shunga beriluvchilar ham yo'q emas.

Ko'r-ko'rona taqlid

Erkinlik — o'zboshimchalik, xudbinlik emas. O'z yo'lini o'zi belgilab yashashdir. Yana hazrat Navoiyga murojaat qilamiz: «Har kishikim bir qavmning suluk va ohangin tuzar, tadriji bila hamul qavmning rangin tutar, Har kimgakim payravliq etar, ul mutabaat xosiyatidin ul yetgan yerga yetar».

Ya’ni: taqlidchilik, ko'r-ko'rona ergashish odamni asta-sekin o'zligini unutish va boshqa qavm (millat) odatlariyu mafkurasiga tobe qilib qo'yadi, deydi Navoiy. Bu nafaqat XV asr kishilarini, balki bizni ham ogohlikka da’vat etadi. O'z iymoning, ma’naviyatingdan voz kechma, aks holda, xarob bo'lasan, deydi bobokalonimiz.

Keyingi paytlarda ba’zi ommaviy axborot vositalarida yoshlarni ma’naviy jihatdan buzishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilayotgani ma’lum bo'lib qolmoqda. Yoshlar ma’naviyatini buzishga intilayotgan kimsalar chet eldagi homiylaridan madad oladi. Ilgari ular ashaddiy «islomist» homiylardan moddiy va ma’naviy madad olgan bo'lsalar, endi esa «sarg'ish inqilob» ijodkorlari, «liberal» g'oyalarni tarqatuvchi xalqaro jamg'armalar bilan ham aloqa bog'lashgan. «Liberal» janoblar esa o't bilan o'ynamoqda: diniy ekstremistlarni ishga solib, o'z maqsadlariga erishish, ya’ni o'zlariga so'zsiz bo'ysinadigan, chizgan chiziqlaridan chiqmaydigan hokimiyatga ega bo'lishni maqsad qilganlar.

Bu qora niyatli kuchlarning mahv etilishi O'zbekistonda tinchlik va osoyishtalik, mustaqillik va milliy xavfsizlikni qo'riqlash uchun tezkor kuchli davlatning bo'lishi zarurligini isbotladi. Kuchli davlat bo'lmasa, demokratiya va taraqqiyotni saqlash, islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirish mumkin emas. Biz farzandlarimizni istiqlolni ko'z qorachig'iday asrash uchun jonajon davlatimiz atrofida yanada zichroq uyushib himoyaga shay turishga o'rgatishimiz lozim.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПРОЕКТЫ

НАШИ РЕСУРСЫ

НАШ АДРЕС
170100, Республика Узбекистан, г. Андижан,
улица Университетская, дом 129
Эл. почта: agsu_info@edu.uz
Телефон/факс: 0 (374) 223 88 30
Телефон доверия: 0 (374) 223 88 14
Транспорт: маршрутное такси №75

МЫ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

© Андижанский государственный университет, 2018. Все права защищены. 
 
Отправить предложение повышения качества образования