0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

YANGI YIL SHUKUHI: FIZIKA-MATEMATIKA

26 Dekabr 2017 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 1597

Muallifi: Lutfulloh ABDUXOLISOV
Fizika-matematika fakulteti talabasi

Bugun yurtimizning har bir go’shasida yangi yil shukuhi ufurib turibdi. Xususan, Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida ham 23-dekabr kuni yangi yil tadbiri bo’lib o’tdi.


Bayramda Andijon davlat universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor, filologiya fanlar nomzodi A.Hamroqulov so’zga chiqib, fakultet o’qituvchilari va talabalarini bayram bilan qutladi. 2017-yilda erishgan yutuqlarni tilga oldi va fakultet talabalariga kelgusida ulkan zafarlar tiladi. Shundan so`ng, fakultet dekani M.Mahkamov so`z olib talabalarni, ular orqali, ularning ota-onalarini bayram bilan chin yurakda tabrikladi. U talabalarni kelgusi 2018 yilda bundanda faol, intiluvchan bo`lishga chorladi.

Ustozlarning samimiy tabriklaridan so`ng tadbir talabalarning ajoyib bayram dasturi bilan davom etdi. Yoshlar ittifoqining qiziqarli chiqishlari bayram qatnachilariga yanad ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi.

Bayram so`ngida fakulteti dekani M.Mahkamov, AndDU Yoshlar Ittifoqi yetakchisi E.Holmirzayev hamrohligida iqtidorli talabalarni taqdirladi va bayram o’z nihoyasiga yetdi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!