0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETIGA TASHRIF

25 Dekabr 2017 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 1057

Mualifi: president.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan qurilish va ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ulug‘ shoir va mutafakkir nomi bilan ataladigan bu dargoh Alisher Navoiyga munosib bo‘lishi uchun bu yerda talabalarga har tomonlama puxta bilim berishga qaratilgan shart-sharoit yaratilgan. Universitet oldiga she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali o‘rnatilib, uning atrofi obodonlashtirildi.

Universitet tarkibida o‘zbek filologiyasi, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish, o‘zbek-ingliz tarjima fakultetlari, shuningdek, O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbek tili va adabiyoti muzeyi faoliyat olib bormoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda jahon tajribasi asosida zamonaviy vositalar bilan tashkil qilingan o‘qitish metodikasi bilan tanishdi. Ya’ni, talabalar Navoiy asarlarini faqat kitob orqali emas, balki zamonaviy multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda o‘rganadi.

Davlatimiz rahbari Universitetni ilmiy salohiyatini ko‘tarish, uning mavqei va nufuzini oshirish, ta’lim berish hamda talabalarning bilim saviyasi, texnik va texnologik jihozlanish va boshqa mezonlar bo‘yicha boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘rnak va ibrat bo‘ladigan maskanga aylantirish zarurligini qayd etdi.

Jihozlash masalasi haqida so‘z borar ekan, universitetning konferensiya zaliga alohida to‘xtalish joiz. Bu yerda talabalar nafaqat mamlakatimizdagi balki, xorijdagi oliy ta’lim dargohlari bilan bevosita onlayn tarzda muloqot qilish, videokonferensiyalar o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev lingofon xonasi, sinxron tarjima xonasi, xattotlik labaratoriyasida yaratilgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlar bilan tanishib, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berdi.

Davlatimiz rahbari bu yerda o‘qituvchilar bilan suhbatlashar ekan, tarixiy va zamonaviy adabiy merosimizni xorijiy tillarga tarjima qilish, tilimizning jahon miqiyosidagi nufuzini yuksaltirish borasida o‘zining mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, Navoiy ijodini targ‘ib qilish O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e’tiborini oshirishga xizmat qilishini takidladi.

Manba: http://president.uz

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.