0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITET TALABALARI QO‘SHMA KORXONADA

25 Dekabr 2017 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 1112

Mualifi: O‘ktamjon UBAYDULLAEV
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani

Nazariyadan amaliyotga

"Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash" yili  hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan xolda Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti "Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi" ta'lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari Xo'jaobod  tumanidagi "Navigul" O'zbekiston–Germaniya qo'shma korxonasida bir kunlik amaliyotda bo'ldilar.

Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish,  fanning o'zaro integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida uyushtirilgan safar davomida talabalar mutaxassislik fanlaridan "Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi", "Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish", "Mehnatning usul va uslublarini takomillashtirish hamda ularni joriy qilishni tashkil etish", "Mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyati", "Mehnat intizomi, uni muctahkamlash yo'llari", "Ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish operatsiyalari", "Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash" kabi mavzulardagi nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Abdullaev rahbarligidagi talabalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tayyorlanish jarayonini kuzatdilar. Korxona xodimlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘zlari ham ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etdilar.

Shu kuni talaba-yoshlar o‘quv jarayonida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash orqali o‘z ko‘nikma va malakalarini boyitdilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.