0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK

22 Dekabr 2017 yil, Juma
Ko'rilgan: 1139

Mualifi: Muhammadzoxir O’RINBOYEV
Fizika-matematika fakulteti talabasi

Mamlakatimizning Prezidenti tomonidan 2017-2021 yillarga mo`ljallangan “Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi va uning tarkibida  ta`lim tizimini yanada kompleks rivojlantirish g`oyasi ilgari surildi. Bu g`oyaning zamiri o`laroq, hozirda, bizning  fakultetimiz Germaniya davlatidan keltirilgan Atom Yadro, Molekular fizika ,Optika, Elektr magnetizm fanlaridan zamonaviy o`quv labaratoriya jihozlari bilan ta`minlandi. Bu esa, labaratoriya mashg`ulotlaridan talabalarning tog`ri va aniq xulosalarga kelishida muhim manba bo`ldi. Bu yaratilib berilayotgan sharoitlardan talabalar ham unumli foydalanib kelmoqdalar. Bunday natijalarning zamirida Fizika-matematika farultetining fidoyi ustozlarining xizmatlari beqiyosdir.

Bugun mana shunday sharoitlarda tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari va fizika kafedrasi hamkorligida majlis bo`lib o`tdi. Majlisda  talabalarining  ota- onalari va fizika matematika fakulteti dekani M.Mahkamov, fizika kafedrasi mudiri va 3-2 bosqich guruh murabbiylari: M.Nosirov Yo.Mamatoxunovlar qatnashdilar. Majlisda dastlab, fizika matematika fakulteti dekani M.Mahkamov so`zga chiqib, majlisga tashrif buyurganlarni kirib kelayotgan yangi yil  bayrami bilan tabrikladi va fakultetda bo`layotgan o`zgarishlar va yangiliklar bilan xabardor qildi. Shundan so`ng, Fizika kafedrasi mudiri M.Nosirov so`z olib, bugungi kundagi kafedraning yutuqlari  va joiz bo`lsa kamchiliklari haqida va talabalarning tartib-intizomi haqida fikr yuritdi. Shu bilan birga iqtidorli talabalarni qo`llab-quvvatlab, nomdor stipendiyalarga tavsiya etilayotgani bu kafedraning yutuqlaridan biri ekani haqida ham ta`kidlab o`tdi. Shundan so`ng, guruh murabbiyi Yo.Mamatoxunov so`zga chiqib, talabalarning darsga qatnashishi, kunlik davomati, kiyinish madaniyati va to`lov shartnomasi asosida o`qiyotgan talabalarning to`lov shartnoma pullarini vaqtida to`lanishi haqida ham fikr bildirib o`tdi. Shuningdek, past o`zlashtirayotgan talabalarning ota-onalari bilan alohida suhbatlar o`tkazildi va kerakli fikr va mulohazalar bildirib o`tildi.

Majlis  davomida  talabalarning  ota-onalari ham so`zga chiqib, farzandlarining tarbiyasiga befarq bo`lmagan ustozlarga minnatdorchilik bildirib o`tishdi va bugungi kunda yoshlar o`rtasidagi glabal muommolarga ham ota-onalar o`z fikrlarini bildirib o`tdilar. Ayniqsa, talabalarning uyali  aloqa vositalaridan foydalanishda ota-onalar albatta cheklovlar qo`yishga va’da berdilar. Shuningdek, ota-onalar bilan aloqa daftari har 15 kunda guruh murabbiyi va ota-ona tizimida yuritilishiga kelishib olindi.

Majlis so`nggida, ota-onalar farzandlarini shunday oliygohda ta’lim olayotgani, farzandlariga ta’lim va tarbiya berayotgan ustozlardan juda ham minnatdor ekanliklarini aytib universitet jamoasiga o`z tashakkurlarini izhor etdilar.

Ushbu bo`lib o`tgan majlisning mohiyati – bu kelajak yoshlarimizning qo`lida ekanligi, yoshlarni yanada ma`suliyatli bo`lishi, izlanuvchan va yangiliklarga intilishga undashga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.