Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijon yoshlarini birlashtirgan “Talaba Fest” katta bayramga aylandi

2026-06-03 11:26:34Tadbirlar 228
Andijon yoshlarini birlashtirgan “Talaba Fest” katta bayramga aylandi

Bugun, 3-iyun kuni Andijon davlat universiteti mezbonligida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida ularning ijodiy, intellektual va sport sohalaridagi salohiyatini namoyon etish, o‘zaro hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Talaba Fest” festivali o‘tkazildi.
Yoshlarning iste’dodi, bilimi va tashabbuslarini namoyon etishga xizmat qilgan festival doirasida ijodiy uchrashuvlar, innovatsion loyihalar ko‘rgazmalari, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar hamda madaniy-ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar ishtirokchilarga o‘z salohiyatini namoyish etish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini keng jamoatchilikka taqdim etish imkonini yaratdi.
Festival maydoni viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan faol va tashabbuskor yoshlarni birlashtirgan muhim muloqot maydoniga aylandi. Tadbir davomida talabalar o‘zaro tajriba almashib, fikr va g‘oyalarini baham ko‘rish, yangi do‘stlik aloqalarini o‘rnatish hamda kelgusidagi hamkorliklar uchun mustahkam zamin yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“Talaba Fest” yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, liderlik fazilatlari hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi. Turli tanlovlar, sport bellashuvlari va madaniy dasturlarga boy festival ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashib, yoshlar birdamligi, iste’dodi va tashabbuskorligining yorqin namoyoniga aylandi.